Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2025   |   5 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:25
Xufton
20:50
Bismillah
03 May, 2025, 5 Zulqa`da, 1446

Uzbekistan Airways Toshkent — Jidda reyslariga umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

15.04.2025   3865   1 min.
Uzbekistan Airways Toshkent — Jidda reyslariga umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

"Haj 2025" dasturi boshlanganligi munosabati bilan, 2025 yil 14 apreldan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 


2025 yil 14 apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega bo‘lishi va 2025 yil 30 aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.


Agar 30 apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi.


Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi aylanmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent – Jidda – Toshkent reyslari 2025 yil 30 apreldan boshlab bekor qilinadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Boshqa maqolalar

Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo

02.05.2025   2346   1 min.
Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالعِفَّةَ وَالْأَمَانَةَ وَحُسْنَ الْخُلُقِ وَالرِّضَا بِالقَدَرِ

O‘qilishi: Allohumma inniy as’alukas-sihhata val ’iffata val amanata va husnal xuluqi var-rizo bil qodar.

Ma’nosi: Allohim! Sendan salomatlik, iffat, omonatdorlik, go‘zal xulq  va taqdirga  rozi  bo‘lishni so‘rayman.