Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447
Yangiliklar

Toshkent islom instituti ustozlari dots.nt ilmiy unvoniga ega bo‘ldi

16.04.2025   15089   1 min.
Toshkent islom instituti ustozlari dots.nt ilmiy unvoniga ega bo‘ldi

#Xushxabar #Ilmiy_faoliyat  

Toshkent islom instituti Kengashi tavsiyasiga binoan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nti v.b. Abduqodir Pardayev,  "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dots.ntlari v.b. Behzod Soipov va Nozima Ibragimova Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dots.nt ilmiy unvonini qo‘lga kiritdilar.  


Ushbu muhim voqea munosabati bilan dots.nt attestati Toshkent islom instituti rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un domla G‘afurov tomonidan tantanali ravishda ustozlarga topshirildi. U.G‘afurov ustozlarga kelgusi ilmiy ishlarida ham katta muvaffaqiyatlar tiladi.  


Abduqodir Pardayev “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot” ixtisosligi, Behzod Soipov “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi va Nozima Ibragimova “Islom tarixi va manbashunosligi” bo‘yicha dots.nt unvoniga erishib, institutning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz!

Toshkent islom instituti

Matbuot xizmati

 

Toshkent islom instituti ustozlari dots.nt ilmiy unvoniga ega bo‘ldi Toshkent islom instituti ustozlari dots.nt ilmiy unvoniga ega bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

08.08.2025   4783   1 min.
Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

   Madina shahrida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha o‘nta muqaddas joylar mavjud. Ulardan biri — Banu Unayf masjidi bo‘lib, u Kubo masjididan janubiy-g‘arbiy tomonga, al-U’sba mahallasiga 500 metrdan yaqinroq bo‘lgan masofada joylashgan. 
 

  IQNA axborot agentligi Saudiya Arabistonining “VAS” agentligiga tayanib xabar berishicha, ushbu tarixiy masjid o‘z nomini Kubo ahli bilan ittifoqchi bo‘lgan Bali qabilasining tarmog‘i — Banu Unayf qabilasi nomi bilan atagan.


   Ba’zi tarixchilar ushbu masjidni ”As-Subh” yoki “Al-Musabbah” nomlari bilan ham bilishadi. Masjid o‘zining asl va sodda me’morchiligi bilan tanilgan: u qora tusli vulqon toshlaridan qurilgan va uning tom qismi yo‘q. Masjid maydoni taxminan 37,5 kvadrat metrni tashkil qiladi.


Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq joylarni saqlash va Saudiya Arabistonidagi “Nigoh – 2030 dasturi” maqsadlariga muvofiq ravishda ushbu masjid kapital ta’mirdan chiqarildi.


Banu Unayf masjidi madaniy va diniy turizm loyihalariga kiritilgan bo‘lib, Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi uni amalga oshirishni nazorat qilmoqda. Bu esa ziyoratchilarni Madinadagi tarixiy va diniy joylar bilan tanishtirishga qaratilgan kompleks yondashuvning bir qismi sanaladi. 
 

Manbalar asosida
Ilyos Ahmedov
tayyorladi

Dunyo yangiliklari