Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Aprel, 2025   |   29 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:26
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
27 Aprel, 2025, 29 Shavvol, 1446

Qur’on zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

24.04.2025   3929   1 min.
Qur’on zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi shtabida Qur’on zali ekspozitsiyasini tashkil etish bo‘yicha navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan ushbu Markazning eng muhim bo‘limlaridan biri – Qur’oni karim zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish, uning tarkibiy qismlarini boyitish va tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Qur’on karim zali uchun tanlangan eksponatlarni toifalarga ajratish, birinchi toifaga kiruvchi loyihalarning texnik topshiriqlarini tayyorlash, shuningdek, ayrim eksponatlarni ekspozitsiyaga kiritish yoki kiritmaslik masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Qur’on zali ekspozitsiyasida multimedia mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, interaktiv yondashuvlar orqali mehmonlarga Qur’on tarixini zamonaviy shaklda yetkazish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Mazkur ekspozitsiya O‘zbekistonning boy diniy-madaniy merosini keng jamoatchilikka tanitishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Qur’on zalida O‘zbekistonga aloqador 114 ta noyob Qur’on qo‘lyozmasi jamlanadi. Ular orasida Hazrati Usmon Qur’oni, VIII asrga oid Katta Langar Qur’oni, hamda turli tarixiy sulolalar davrida yurtimizda yaratilgan yoki asrab kelinayotgan betakror nusxalar mavjud.

Qur’on zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi Qur’on zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi Qur’on zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
Boshqa maqolalar

Namozda nazar qayerga qaratilishini bilasizmi?

25.04.2025   3192   1 min.
Namozda nazar qayerga qaratilishini bilasizmi?

Namozxon tik turganida ko‘zini sajda qiladigan joyiga, rukusida oyoq barmoqlariga, sajdasida burnining uchiga, o‘tirganida bag‘riga, birinchi salomida o‘ng yelkasiga, ikkinchi salomida chap yelkasiga qaratib o‘tirishi mustahab hisoblanadi.

Namozda ko‘zlar yumilmaydi, osmonga qaralmaydi va har tomonga alanglab ko‘z tashlanmaydi.  

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Namoz ichida har tarafga qarashdan saqlaninglar, chunki kishi modomiki namoz ichida bo‘lar ekan, Robbiga munojot qiladi” (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD