Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Ko‘p nafl ro‘za tuta olmasangiz va namoz o‘qiy olmasangiz....

25.04.2025   10506   1 min.
Ko‘p nafl ro‘za tuta olmasangiz va namoz o‘qiy olmasangiz....

اللهم صلي وسلم على نبينا محمد وعلى آله وصحبه أجمعين


Shayx ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh aytadilar: “Kimki ko‘p nafl ro‘za tuta olmasa va nafl namozlarni o‘qiy olmasa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytishi lozim.

Agar inson umr bo‘yi qilgan ibodati bilan Alloh taoloning bir marotaba salavot aytgani tenglashtirilsa, Alloh taoloning salavoti og‘ir keladi. Chunki banda o‘z darajasida ibodat qiladi, Alloh taolo esa O‘zining buyukligiga munosib salavot aytadi. Endi U Zot banda uchun o‘n marta salavot aytsa qanday bo‘ladi?!”.

Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Kim menga bir marta salavot aytsa Alloh unga o‘n marta salavot aytadi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Alloh taoloning bandalariga aytgan salavoti Uning rahmatidir.
 

اللهم صلي وسلم على نبينا محمد وعلى آله وصحبه أجمعين

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Fotiha surasi – dardlarga davo

05.05.2025   2926   1 min.
Fotiha surasi – dardlarga davo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fotiha surasi barcha dardu kasalliklarga davodir», dedilar.

Alloh barcha bemorlarning dardiga komil shifo bersin...