Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447
Yangiliklar

Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi

08.05.2025   18980   1 min.
Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi

Shu yil 8 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida vakillik tasarrufidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” nomli intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi. 


Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov kirish so‘zi bilan ochib, bellashuvning ma’naviy, ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Otabek domla Avezovga esa tanlov tartib-qoidalarini tushuntirdi.


Bellashuv quyidagi to‘rt shart asosida o‘tkazildi: 

1.  Taqdimot sharti
2.  Moturidiy ta’limoti bo‘yicha savol-javob; 
3. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatiga oid savol-javob; 


Tanlov ishtirokchilari moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari, aqidaviy yechimlari va mantiqiy-ilmiy asoslari yuzasidan o‘z bilimlarini namoyon etdi. 


Bellashuv yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
•  1-o‘rin: Moturidiy me’rosxo‘rlari;
•  2-o‘rin: E’tiqod durdonalari;
•  3-o‘rin: Aqida imomlari. 


Mazkur tanlov Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uni keng targ‘ib qilish va bu orqali sof e’tiqod, ilm va ma’rifat asoslarini jamiyatda mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi
MAQOLA
Boshqa maqolalar

Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

04.08.2025   1691   1 min.
Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

Savol: Men Turkiya davlatida avtomashinalarni yuvish xizmati (avtomoyka)da ishlayman. Ba’zan taksi haydovchilarining mashinalarini yuvganimizda ichida mijozlarning buyumlari va pullari tushib qolgan bo‘ladi. Shu pullarni o‘zimizga olsak bo‘ladimi yoki taksichiga berishimiz kerakmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur buyum va pullar sizning ham, taksichining ham mulki emas, balki o‘z egasining mulkidir. Shuning uchun egasiga qaytarish lozim. Buning uchun siz topilmani taksichining o‘ziga qaytarib berasiz va u haqiqiy egalarini topish chorasini ko‘radi. Egasidan beruxsat ishlatib yuborishi gunoh hisoblanadi.

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir”, deganlar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Hozirgi vaqtda unutib qoldirilgan buyumlarning egasini topishning turli yo‘llari mavjud. Unutib qoldirilgan narsalar buyum va pul singari chirib, aynib qolmaydigan narsalar bo‘lsa, egasi chiqqunicha o‘zida saqlab turadi va egasini topishga jiddiy kirishadi.

Egasini topishdan butkul umidi uzilgan vaqtda o‘zi muhtoj bo‘lsa, sadaqa o‘rnida o‘ziga ishlatishi, boy bo‘lsa, faqirlarga egasining nomidan sadaqa qilib yuborishi lozim bo‘ladi.

Keyinchalik egasi topilib qolsa, holatni tushuntiradi. Agar egasi rozi bo‘lsa, sadaqaning savobi unga bo‘ladi. Egasi rozi bo‘lmay, narsasini talab qilsa, qiymatini to‘lab beradi va qilingan sadaqaning savobi ana shu taksichining o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.