Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "...Bu kunlarda tahlil (Laa ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko‘paytiringlar" derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Ayol kishi uzrli paytida pishirgan ovqatni yeb bo‘lmaydi, shuning uchun bunday ayol ovqat tayyorlamasligi kerak, degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, dinimizda bunday ta’qiq mavjud emas. Hayz ko‘rgan ayol bemalol ovqat tayyorlashi, pishirishi mumkin. Ulamolar hayz ko‘rgan ayolga oid hukmlarni bayon qilarkanlar, ayol kishi xamir qorib, yopgan nonini, pishirgan ovqatini yeyish mumkin ekanini ta’kidlaganlar. Shuningdek, ayol kishi uzrli paytlarida, erkak yotoqni alohida qilib olishdan ham qaytarilgan. Ya’ni shariatimizda ayol kishining uzrli bo‘lib qolgani uchun undan jirkanilmaydi, tashlab qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.