frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

30.05.2025   13150   1 min.
Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi.
 

Butun islom olamida Imom Buxoriyning hurmati yuksak, uning maqbarasini ko‘rish istagidagi insonlar ko‘p. Shu bois ziyoratchilarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda.


Tashrif chog‘ida Prezidentimiz qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi.


Majmuaning umumiy maydoni 44 gektar etib kengaytirilgan. Hozirgi kunda mo‘tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid, 4 ta minora qurib bitkazilgan. 


Yangi majmua ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘ladi. Muzey, ma’muriyat, mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolarini o‘z ichiga oladi. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.


Davlatimiz rahbariga majmuada bo‘lajak sharoitlar haqida axborot berildi. Maqbara hovlisi va xiyobonlarga ko‘proq daraxtlar ekish zarurligi aytildi. 

president.uz

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   5231   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi