Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi

02.06.2025   23966   2 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi

Bugun, 1 iyun kuni Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia taklifiga binoan Jidda shahrida tashkil etilgan 49-haj anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi vazirlar, muftiylar, ulamolar va haj xizmatiga aloqador turli sohalar yetakchilari bilan birga ishtirok etdi. 
 

Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy va bir qator soha mutasaddilari qatnashdi.  


Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan anjumanni mamlakat Haj va umra ishlari vaziri kirish so‘zi bilan ochib, martabali mehmonlarni Makkai mukarramaga tashriflari va nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutlab, haj mavsumini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida so‘zladi. 


Xalqaro anjuman doirasida haj ibodatini yengillashtirish, ziyoratchilarga qulay sharoit yaratish, joriy haj mavsumi yozning issiq kunlariga to‘g‘ri kelayotgani, hojilar salomatliklariga e’tibor qilishlari, Arafot hududidagi Rahmat tog‘iga chiqishdan saqlanishlari, shuningdek, haj xizmatidagi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim mavzular muhokama qilindi. 


Xalqaro anjumanda Saudiya Arabistoni Podshohligining ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirayotgan ko‘lamli ishlari haqida so‘z yuritildi. Musulmonlarga xizmat qilish uchun Ikki Muqaddas Masjiddagi eng muhim loyiha va katta o‘zgarishlar taqdimot qilindi. Shuningdek, haj amalini ado etishda qonuniy ruxsatnomalarga va amaldagi qoidalarga rioya qilish alohida ta’kidlab o‘tildi. 


Ma’lumot o‘rnida, ushbu simpozium 1970 yildan buyon har yili o‘tkaziladi. Bu yilgi anjumanda 50 dan ortiq davlatdan 500 dan ziyod olim va mutafakkirlar mavzu yuzasidan muhim masalalarni muhokama qildilar.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro haj simpoziumida qatnashdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi

30.07.2025   6715   1 min.
Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi

Bugun, 30 iyul kuni poytaxtimizdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida Toshkent Islom institutining modul ta’lim tizimiga 2025-2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. 


Mazkur ta’lim yo‘nalishiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, 4 yil va undan ortiq muddat davomida diniy sohada faoliyat yuritgan imom-xatib va imom noiblari hujjat topshirgan. 


Imtihon oldi mutasaddilar tomonidan test imtihonini o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Asosiy e’tibor adolat va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, imtihon jarayoniga soha mutaxassislari bilan bir qatorda turli tashkilotlar vakillari ham jalb etilgan.


Modul ta’lim tizimiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi:


*   Ixtisoslik fanlar majmuasi: Qur’oni karim va tajvid, hadis, fiqh, aqoid kabi muhim fanlar;
*   Ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuasi: O‘zbekiston tarixi, Ma’naviyat asoslari, Milliy g‘oya kabi fanlar bo‘yicha.


Ma’lumot o‘rnida mandat natijalari barcha oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilgandan so‘ng 3 ish kunida e’lon qilinadi.  


Imtihon jarayoniga oid tezkor yangiliklar  @qabulmuslimuz telegram kanalida yoritib boriladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti Modul tizimi imtihonlari boshlandi