Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447
Yangiliklar

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi

09.06.2025   14655   1 min.
Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida "Qurbon hayiti" (Eid al-Adha) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. 
 

Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi. 
 

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan. 
 

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi. 
 

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

AQSHning Atlanta shahrida ilk halol taomlar festivali o‘tkaziladi

14.07.2025   1127   1 min.
AQSHning Atlanta shahrida ilk halol taomlar festivali o‘tkaziladi

2025 yil 19 iyul shanba kuni AQSHning Jorjiya shtati poytaxti — Atlanta shahrida ilk bor halol taomlar festivali bo‘lib o‘tadi. Mashhur “Atlantic Station” maydonida tashkil etiladigan festivalda 50 dan ortiq halol taom mahsulotlari sotuvchisi ishtirok etishi kutilmoqda.


Festival ishtirokchilari tomonidan Yaman, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, hatto O‘zbekiston oshxonalariga xos kabob, burger, dukkaklik mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar (falaful) va turli xil shirinliklar taklif etiladi.


Ushbu tadbir Atlanta musulmonlari festivallari uyushmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Festival ayni paytda shahardagi AQSH bojxona va migratsiya siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari orasida muhojirlar madaniyatini nishonlash imkonini ham yaratadi.


Festival tashabbuskorlaridan biri — Hasaneyn Lakhani bunday dedi:

 
“Atlanta shahrida ilk halol ovqat festivalini o‘tkazish — juda ham hayratlanarli va ajoyib fikrdir. Men bu shaharda doimiy istiqomat qiluvchi sifatida musulmon jamoasiga yaqinligimni har doim his qilganman. Ramazon ovqat festivallari kabi kichik tadbirlardan to oshxona va ko‘chmas mulk sohalaridagi faoliyatgacha ishtirok etib kelaman”.


Uning ta’kidlashicha, festival – musulmonlar va musulmon bo‘lmaganlar uchun bir joyda to‘planib, shaharning madaniy xilma-xilligini nishonlash, shu bilan birga musulmonlar turmush tarzi va halol taomlar bilan tanishish imkonini beradi.

 
Lakhani Atlanta yaqinidagi Lorensvill shahrida joylashgan “BurgerFi” restorani sohibidir. U, shuningdek, ushbu restoran — Gruziya shtatidagi yagona halol sertifikatiga ega burger shohobchasidir.

Ilyosxon Ahmedov,
tayyorladi.

Dunyo yangiliklari