Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447
Yangiliklar

Hojilarimiz 12 iyundan yurtimizga qaytadi

12.06.2025   11776   1 min.
Hojilarimiz 12 iyundan yurtimizga qaytadi

#xabar #haj2025

Joriy yilning 12 iyun kunidan e’tiboran Saudiya Arabistonidagi hojilarimiz bir necha kun davomida navbati bilan ona Vatanimizga qaytib keladilar. 


Hamyurtlarimiz Jidda shahridan mamlakatimizning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qiladilar. 


Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining zamonaviy samolyotlari, malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan.


Ziyoratchilarimizning haj amallari qabul, duolari mustajob bo‘lsin, fayzu barakalari ila o‘lkamiz nurga to‘lsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu savol har doim qalbda tirik tursin!

01.08.2025   3613   1 min.
Bu savol har doim qalbda tirik tursin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Dunyoga muhabbatni ketkazish va oxirat g‘amini qalbda paydo qilishning yo‘li bor. Yigirma to‘rt soat ichidan ozgina vaqt ajrating, kechayu kunduzlarimiz g‘aflatda o‘tayotganini o‘ylang, o‘limni unutganimizni o‘ylang, hali Alloh taoloning huzurida hozir bo‘lishdan, buyuk hisob-kitobdan, jazo va mukofotdan g‘aflatda qolganimizni o‘ylang.

Shu narsalar haqida o‘ylashga vaqt ajrating, bir kunmas bir kun o‘laman, keyin Alloh taoloning huzurida qanday qilib hisob beraman? So‘rovlariga nima deb javob qilaman? deb o‘ylang. Shu o‘ylar har doim qalbda tirik tursin.

Agar kishi har kuni shu narsalarni fikrlab tursa, bor-yo‘g‘i bir necha haftada, inshaAlloh, dunyoga muhabbat qalbidan chiqib ketadi. Alloh taolo O‘zining rahmatidan barchamizga bu aytilganlarga amal qilish tavfiqini ato etsin, omin.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar