So'nggi yillarda O'zbekistonda barcha sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasini o'rganib joriy etish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutida ustoz va talabalar o'rtasida arab tili ilmiy muhitini jonlantirish, talabalarning darsga bo'lgan qiziqishi hamda rag'batini kuchaytirish, institutning salohiyatini oshirish maqsadida Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining “At-Tanal al-arabiy” – التّنال العربيّ “Arab tilini bilish xalqaro sertifikati”ni beruvchi ta'lim va test tashkiloti bilan institut o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur tashkilot dunyoning 20 dan ortiq davlatida tan olingan bo'lib, arab tilidagi bilimlarini baholash, darajalarga ajratish hamda ularga xalqaro toifadagi sertifikatlar taqdim etuvchi tashkilot hisoblanadi.
“At-Tanal al-arabiy” التّنال العربيّ – “Arab tilini bilish xalqaro sertifikati” test tizimi arab tili ona tili bo'lgan mamlakatda ishlash, o'qish, sayohat qilishga yordam berish uchun mo'ljallangan.
Test davomida arab tilida tinglash, gapirish, o'qish, yozish, gapirish va grammatikani bilish qobiliyati baholanadi. Arab tilini bilish bir necha standartlar bo'yicha, jumladan, arab tilini ona tilida so'zlashuvchilarga o'rgatish standartlari va tillar uchun umumiy Yevropa ma'lumotnomasi (CEFR) standartlari bilan tasniflangan.
Endilikda Toshkent islom institutida arab tili bo'yicha xalqaro darajadagi til bilish sertifikatlarini taqdim etadi.
2024 yil 13 mart, chorshanba kuni Toshkent islom institutida “At-Tanal al-arabiy” xalqaro til sertifikati uchun ilk imtihonlar bo'lib o'tadi.
B1, B2, C1, C2 xalqaro arab tili sertifikatini olish uchun imtihonda qatnashmoqchi bo'lganlar talabgorlar pasport bilan institutga kelib ro'yxatdan o'tishlari kerak.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati