O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari tashabbusi bilan Ramazon oyidagi Hatmi Qur'on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni suhbatdan o'tkazish an'anasi yo'lga qo'yildi.
Ushbu an'anani davom ettirish maqsadida 2024 / 1445 yil Ramazon oyida Respublikamizdagi Hatmi Qur'on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni saralash uchun suhbatlar tashkil qilindi.
Jumladan, bugun 2024 yil 4 mart kuni Toshkent viloyatidagi masjidlarda xatmga o'tadigan qorilar suhbatdan o'tkazildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi «Qur'on va tajvidni o'rgatish» bo'limi mudiri Shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlar mazkur qorilarning tayyorgarligini tekshirib, ularga muhim tavsiyalarni berdilar. 
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati