Savol: Ayol kishi uzrli paytida pishirgan ovqatni yeb bo‘lmaydi, shuning uchun bunday ayol ovqat tayyorlamasligi kerak, degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, dinimizda bunday ta’qiq mavjud emas. Hayz ko‘rgan ayol bemalol ovqat tayyorlashi, pishirishi mumkin. Ulamolar hayz ko‘rgan ayolga oid hukmlarni bayon qilarkanlar, ayol kishi xamir qorib, yopgan nonini, pishirgan ovqatini yeyish mumkin ekanini ta’kidlaganlar. Shuningdek, ayol kishi uzrli paytlarida, erkak yotoqni alohida qilib olishdan ham qaytarilgan. Ya’ni shariatimizda ayol kishining uzrli bo‘lib qolgani uchun undan jirkanilmaydi, tashlab qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Yig‘ilish avvalida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov hamrohligida Islom sivilizatsiyasi markazi binosi va majmuaning ikkinchi qavatida joylashgan xalqaro tashkilotlar uchun ajratilgan maxsus joy bilan tanishdi.
Markazda davom etayotgan yig‘ilish doirasida esa TURKSOY va Markaz o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ilmiy kengash a’zolari, ishchi guruh rahbarlari, xalqaro hamkor mutaxassislar va loyihalar ijrochilari ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilish doirasida Markaz ekspozitsiyasini boyitish bo‘yicha masalalar muhokama qilinmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati