Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2025   |   28 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
24 Iyun, 2025, 28 Zulhijja, 1446

Tog‘ni ham maydalab yuboradigan sura

16.06.2025   6107   1 min.
Tog‘ni ham maydalab yuboradigan sura

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bu kishi dardga chalingan bir kishining qulog‘iga nimanidir o‘qidilar. U sog‘ayib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning qulog‘iga nima deb aytding?» deganlarida, bu kishi: «Mo‘minun» surasining 115-oyatidan to oxirigacha» o‘qiganlarining xabarini berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror kishi mana shu oyatlarni ishonch bilan o‘qisa, tog‘ni ham maydalab yuboradi», dedilar" (Ibn Sunniy rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan

Boshqa maqolalar

Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

23.06.2025   1847   1 min.
Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

Savol: Besh vaqt namozda imomga iqtido qilganimizda, Fotiha va zam suralarni o‘qimaymiz. Janoza namozida qanday yo‘l tutamiz? Unda ham quloq qoqqandan keyin jim turamizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Janoza namozida besh vaqt namozdan farqli ravishda, imomga iqtido qilganlar to‘rt takbirni va sano, salavot hamda duolarni o‘qiydi. Ya’ni birinchi takbirdan keyin sanoni, ikkinchi takbirdan keyin salavotni, uchinchi takbirdan keyin janoza duosini o‘qiydi. To‘rt takbir janoza namozining rukni ya’ni farz, boshqa zikrlar esa, sunnat hisoblanadi. Agar iqtido qilganlar takbirni ham, boshqa zikrlarni ham aytmay, jim tursa, janoza o‘qigan hisoblanmaydi. Agar takbirlarni aytsa-yu, boshqa zikrlarni aytmasa, sunnatni tark etgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.