Inson qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'i nazar, undagi eng katta muammo o'ziga ishonmaslik, eshituvchilar oldida gapirishdan qo'rqish, qattiq hayajonlanishdir. U xoh notiq bo'lsin, xoh tajribali odam bo'lsin, xoh lektsiyachi bo'lsin, xoh boshlang'ich o'rganuvchi bo'lsin, albatta mana shu muammoga duch keladi.
Uning quyidagicha echimlari bor:
- Alloh taolodan yordam so'rang, ishingizni xolis Alloh uchun qiling, Undan yana tavfiq berishini, ishingizni oson qilishini so'rang!
- Nutqqa chiqishdan oldin ikki rakat namoz o'qing va Qur'ondan bir-necha oyat yoki sura o'qing!
- Biror solih amal qilib Allohga qurbat hosil qiling va istig'for ayting!
- O'zingizning kuch-quvvatingizga emas, Allohning qudratiga suyaning!
- O'zingiz uchun tezis tuzib oling va nutqingiz mavzusiga xos joylarini qayta-qayta o'qing!
- Gapiradigan mavzuingizni eslash oson bo'lishi uchun bir-biriga mantiqiy bog'liq holda tartiblab oling!
- Aytmoqchi bo'lganlaringiz yaxshilab mashq qiling, shunda xatolaringizni tushunib, nutq paytida xatoga yo'l qo'ymaysiz!
- Fikrlaringizni markazlashtirib beruvchi muqaddima tayyorlab oling va uni yaxshilab yodlab oling.
- O'zingizga “Sen bunga qodirsan, sen qila olasan, yuta olasan”, deya xitob qiling, shunda inshaalloh Allohning izni bilan g'alaba qozonasiz!
- Tashqi ko'rinishingizga ham yaxshilab e'tibor qarating. Tabiiy bo'ling, o'z harakteringiz bilan gapiring, ortiqcha takalluf, kimdirga o'xshab gapirishga harakat qilish umuman kerak emas!
- Improvizatsiya shaklida nutq qilishga harakat qiling, robot bo'lib qolmang! Varaqaga yoki planshetga qarab o'qib bermang. Oldingizga gaplaringizni sizga eslatib turadigan umumiy mavzular sarlavhasini qo'yib olsangiz kifoya.
- Hamma kerakli jihozlarni nutqqa chiqishdan oldin bitta ishlatib ko'rib tayyor holda keltirib qo'ying.
- Gapirganingizda shijoat bilan, dadil-dadil gapiring, uchrashi mumkin bo'lgan mavzuga aloqador qiyin savollarga bir qator tayyorlanib oling. O'zingizga uqtiringki, oliy darajalarga qiyinchiliklarni engmay erishib bo'lmaydi.
- Ba'zi qo'rqinchlarni oddiy holdek qabul qiling va o'zingizga eslatingki, hamma mashhur kishilar juda ko'p xatolar qila-qila hozirgi natijalariga erishishgan. Shunday ekan ishda muvaffaqiyatsizlikning zarari yo'q!
- O'zingizni yaxshi notiqdek tasavvur qiling va tinglovchilarni siz qatori oddiy odamlar deb biling. Yana shuni yodda tutingki, sizni tinglaydigan ko'pchilik odamlar gapiradiganingiz mavzuda hali bexabar.
- Bilingki, tinglovchilar harakatlarimiz diqqat bilan kuzatib o'tirishibdi, degan o'y-xayol bilan gapirsak, ko'pincha xatoga yo'l qo'yamiz!
- Nutq qilishni o'rganishni boshlaganingizda kichik davralarda gapirib mashq qilishdan boshlang, keyin asta-sekin notiqlik darajangizni o'stirib boring, bir xil qotib turmang. Har xil nutq uslublaridan foydalanib ko'ring. Agar birdaniga kattaroq davrada nutq qila olishga qobiliyatingiz va ishonchingiz bo'lsa, marhamat shunday qiling!
- Imkoni bo'lsa nutq asnosida qattiq biror ashyoni ushlab oling, masalan, hassanimi yoki minbarnimi.
- Gapni Allohga hamd-sano aytib boshlang.
- Tinglovchilarning ko'ziga qarab gapirishdan hayajonlansangiz, odamlarning boshidan biroz teparoqqa yoki ularning peshonasiga qarab gapiring.
- Yon-atrofga xotirjam qarab, bemalol harakatlanib, tayyorligingizni, o'zingizni ishonchingizni odamlarga bildirib qo'ying. Ohista, shoshmasdan gapiring, o'zingizni bo'sh qo'ying.
- So'zingiz boshida odamlarga o'zingizni tanishtiring va asosiy mavzuga kirishishdan oldin oson, hamma tushunadigan mavzulardan gapirib o'ting.
- Tanangizni ham gapirtiring, ya'ni qo'llaringizni gapingizga mos tarzda harakatlantiring, ba'zi-ba'zida odamlarga sekinqadam tashlab biroz yaqinlashing.
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning haq-huquqlarini himoyalash, huquqiy ongini oshirish, ma’rifatini ziyoda qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish maqsadida shu yilning 20-24 avgust kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi xizmat safari uyushtirildi.
Stavropol o‘lkasi va Rostov viloyatiga safar qilgan delegatsiya tarkibida tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov ham ishtirok etib, vatandoshlarimizni istiqlolimizning 34 yilligi bilan qutladi.
Uzoq o‘lkalarda o‘qib, ishlab yurgan hamyurtlarimiz bilan halol kasb qilishning fazli, aqidada adashmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, Islomda bag‘rikenglik, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Har qanday diniy mavzudagi ma’lumotlar borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli rasmiy internet tarmoqlardan foydalanish tavsiya etildi. Turli diniy oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi – ham shariat ko‘rsatmasi, ham zamon talabi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, dolzarb mavzudagi bukletlar tarqatildi.
Stavropol musulmonlari qozisi Muhammad hazrat bilan muzokaralar olib borilib, Xalqaro Kavkaz universitetida 60 davlatdan kelib ta’lim olayotgan talabalar orasidagi 285 nafar o‘zbekistonlik talaba bilan uchrashuv o‘tkazildi. Universitet rahbariyati ushbu talabalardagi ilmga tashnalik va odob-axloqni alohida ta’kidlab, ular timsolida O‘zbekiston xalqiga ehtiromlari yanada oshganini bildirdi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining duoyi salomlari yetkazildi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik, farovonlik, dinimiz ravnaqi yo‘lidagi islohotlar haqida ham aytib o‘tildi.
Xizmat safari davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati