Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Otinoyilar uchun o'quv-seminar bo'lib o'tdi

29.02.2024   606   1 min.
Otinoyilar uchun o'quv-seminar bo'lib o'tdi

Shu yil 28 fevral' kuni Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan otinoyilar uchun bilim va malakalarini mustahkamlash, xotin-qizlar bilan ishlash jarayonida dolzarb masalalarga e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlarni yanada yaxshilash maqsadida o'quv seminar o'tkazildi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda hamkor tashkilot vakillarining ham ma'ruzalari tinglanib, ular tomonidan otinoyilar ma'rifatini yuksaltirish uchun zarur ma'lumotlar berib o'tildi.

Seminarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyat mintaqaviy vakili, O'zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi mas'ul xodimlari, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi ishtirok etdi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Vafotingdan keyin ham yasha

7.01.2025   5050   1 min.
Vafotingdan keyin ham yasha

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.

Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.

Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.

Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV