O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Vazir muloqot avvalida O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlarning Islom tamadduniga hissa qo‘shgan hissasini, mamlakat tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yosh kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, al-Xorazmiy, Farobiy, Zamaxshariy kabi Islom olamida yuksak obro‘-e’tibor topgan olimlarning merosi dunyo musulmonlarining umumiy boyligidir.
– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun Islom ummatiga xizmat qilmoqda. Bahrayn Islom merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tomoni bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyor", – dedi adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida.
Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Bahrayn delegatsiyani ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki mamlakat ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida adliya, Islom ishlari va vaqf sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda ilmiy-amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida mas’ul xodim tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#Qabul_2025 #Mandat
"Qabul-2025" mandat natijalari abituriyentlar hujjat topshirgan diniy ta’lim muassasalarining quyidagi telegram kanallarida e’lon qilinadi:
Oliy diniy ta’lim muassasalari:
Toshkent islom instituti: https://t.me/oliymahad
Mir Arab oliy madrasasi: https://t.me/Mirarabuz
Imom Termiziy instituti: https://t.me/termiziylar_uz
O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari:
"Ko‘kaldosh" O‘MITM: https://t.me/kukaldoshuz
"Xadichai Kubro" AQO‘MITM: https://t.me/xadichauz
"Hidoya" O‘MITM: https://t.me/hidoyauz
"Sayyid Muhyiddin maxdum" O‘MITM: https://t.me/maxdumuz
"Xoja Buxoriy" O‘MITM: https://t.me/Xojabuxoriy
"Mir Arab" O‘MITM: https://t.me/mirarabmadrasa
"Jo‘ybori Kalon" AQO‘MITM: https://t.me/juyborikalon
"Faxriddin ar-Roziy" O‘MITM: https://t.me/arroziyuz
"Muhammad al-Beruniy" O‘MITM: https://t.me/alberuniyuz
"Imom Termiziy" O‘MITM: https://t.me/termiziylar_uz
Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijasi bo‘yicha apellyatsiyaga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar 24 soat davomida ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Apellyatsiyaga berish tartib-qoidalari haqida @qabulmuslimuz telegram kanalida batafsil ma’lumot berilgan.
Talabalik baxtiga erishgan yoshlarni chin qalbdan qutlaymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati