frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Hamdardlik bildiramiz

28.02.2024   1285   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ko'p yillar din va millat rivoji yo'lida xizmat qilgan Andijon viloyati Buloqboshi tumani "Shirmonbuloq" jome masjidi imom-xatibi Davronbek domla Mirzakarimovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

Alloh taolo marhum ulamoni O'z mag'firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o'zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari, safdoshlari, shogirdlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to'ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so'raymizki, marhumni o'zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog'lariga doxil etsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un!

«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz U Zotga qaytuvchimiz». 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

13.09.2026   830   1 min.
Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari