Alloma Shoh Valiyyulloh “Fuyuzul Haramayn”da aytadilar: “Bir necha narsalarda Hazrat Payg'ambarimiz alayhissolatu vasallam meni tabiatimga xilof amallarga majbur qildilar. Biri shuki, menga tabiiy tarzda Hazrati Ali karramallohu vajhahuni boshqalardan afzal ko'rish marg'ub edi. Lekin Rasululloh alayhissalom ikki shayx, ya'ni Abu Bakr, Umar roziyallohu anhumoni u kishidan afzal ko'rishga meni majbur qildilar. Ikkinchisi shuki, men tabiatan taqliddan nafrat qilardim. Lekin Hazrat Payg'ambarimiz alayhissalom to'rt mazhabdan chiqib ketishdan meni qaytardilar”.
Yorqinjon Fozil rahimahulloh
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati