Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi

28.07.2025   6034   1 min.
Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi

16-26 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan 84 nafar voiz imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. 

Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida 10 kun mobaynida notiq imomlar uchun “Zamonaviy axborot makonida diniy-ma’rifiy soha mutaxassislarining media-targ‘ibot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb jihatlari” yo‘nalishida 72 soatlik o‘quvlar o‘tkazildi. 

Mashg‘ulotlar davomida taniqli ulamolar, professor-o‘qituvchilar va sohadagi eng malakali ustozlar o‘z bilim va tajribalarini yetkazdilar.

Bugun, 26 iyul kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan imomlarga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etib, diniy-ma’rifiy sohadagi yangilanishlar, imom-xatiblarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni so‘zlash barobarida bugungi murakkab davrda imom domlalardan ham o‘z bilim va malakalarini oshirib borishni zamonning o‘zi taqozo etayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, masjid minbari, turli yig‘inlar va ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilishda imom-xatib e’tibor qiladigan muhim jihatlar, notiqlik odobi va yangi davr talablariga batafsil to‘xtaldilar.   

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining dolzarbligi, targ‘ibot-tashviqot ishlarida imom-xatiblarining o‘rni va kelgusidagi vazifalari haqida so‘zladi.

Voiz imom-xatiblarga muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tomonidan sertifikatlar topshirilib, xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi Notiq imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi
Boshqa maqolalar

Takbir aytilmasa, janoza o‘qilmagan bo‘ladi

01.08.2025   2227   1 min.
Takbir aytilmasa, janoza o‘qilmagan bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Janoza namozida to‘rtta takbirni aytish farz deb eshitganmiz. Imomga iqtido qilgan kishilar ham takbirlarni aytishlari kerakmi? Ularga ham to‘rt takbirni aytish farz bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Albatta, iqtido qilganlar ham mazkur takbirlarni aytishlari farz bo‘ladi. Chunki ulamolarimiz mazkur takbirlar boshqa namozlardagi rakatning o‘rnida bo‘ladi, ya’ni to‘rt takbirli janoza go‘yoki to‘rt rakatli namozning hukmida bo‘ladi, deganlar.

Shu bois imom ham, unga iqtido qilganlar ham takbirlarni aytishlari shart hisoblanadi. Agar kimdir takbirlarni aytmasa, yoki ulardan bittasini qoldirsa, janoza o‘qigan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.