Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447
Yangiliklar

Imom Buxoriy majmuasi yonida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilmoqda

29.07.2025   6370   1 min.
Imom Buxoriy majmuasi yonida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi qaytadan bunyod etilmoqda. Joriy yilda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan ziyoratgohda ayni paytda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bitkazilgan.


Majmuaning to‘rt tomonida har birining balandligi 75 metr bo‘lgan 4 ta minora qad rostlagan. Shuningdek, bu yerda muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Majmua atrofi ham bugun ulkan qurilish maydoniga aylangan. Hududda yangi yo‘llar, o‘nlab xizmat ko‘rsatish va servis maskanlari, savdo markazlari, mehmonxona va avtoturargohlar tashkil etilmoqda.  
 

– Imom Buxoriy majmuasi atrofining 20 gektarida mehmonxonalar, uy mehmonxonalar va tashrif markazlari qurilmoqda, – deydi Payariq tumani hokimi o‘rinbosari Rashid Ismoilov. – Jumladan, qariyb 400 o‘ringa ega to‘rt yulduzli bitta, 300 o‘ringa ega uch yulduzli ikkita mehmonxona barpo etilmoqda. Shu bilan birga hududda avtoturargohlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilmoqda.


Majmua atrofidagi mahallalarda ham infratuzilma yaxshilanib, aholi xonadonlarigacha ta’mirlanmoqda. 

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri

Imom Buxoriy majmuasi yonida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bular Alloh uchun, men uchunchi?

01.08.2025   11345   1 min.
Bular Alloh uchun, men uchunchi?

حدثنا العباس الدوري نا يعلى بن عبيد نا موسى هو الجهني عن مصعب بن سعد عن أبيه قال: جاء أعرابي النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: يا رسول الله: علمني كلاما أقوله قال :”قل لا إله إلا الله وحده لا شريك له الله أكبر كبيرا والحمد لله كثيرا وسبحان الله رب العالمين لا حول ولا قوة إلا بالله العزيز الحكيم“. قال: هؤلاء لربي فما لي قال: قل:  اللهم اغفر لي وارحمني واهدني وارزقني.

 

Mus’ab ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: “Bir a’robiy Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning oldilariga kelib: “Ey, Allohning Rasuli, menga bir kalimani o‘rgating, men uni aytib yuray”, dedi.

Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro, valhamdulillaahi kasiyro, subhaanallohi Robbil ’aalamiyn, laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aziyzil hakiym”, deb ayt! dedilar.

U: “Bular Alloh uchun, men uchunchi?” dedi. “Allohummag‘firliy, varhamniy, vahdiniy, varzuqniy”, degin”, deb aytdilar”.

 

Kalima va duoning ma’nosi: Yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi yo‘q. Alloh buyukdir, eng buyukdir, Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Robbi pok deb yod etaman. Kuch ham, quvvat ham faqat Azizu Hakim Alloh bilandir.

Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyatga boshla va menga rizq bergin.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi