Maktabni bitiray deb qolgan paytlarim onam menga singillarim haqida ko'p nasihat qilardilar. Ularga mehribon bo'lishimni, ulardan hech nimamni qizg'onmasligimni, otamiz yo'qligi uchun ularga ota o'rnida ota bo'lishimni aytardilar. Onam “Sen singillaringga bersang, Alloh senga o'ylamagan tarafingdan yanada ko'p qilib etkazadi” degan gaplarini ko'p takrorlardilar. Men onamning bu nasihatlariga o'sha paytlardayoq amal qilishga harakat qilardim.
Bir kuni singillarim bilan amakimning uyiga mehmonga bordik. Dasturxonga uzum qo'yildi. Men uzumdan bir shingil tatib ko'rdim. Uzum haqiqatdan ham shirin edimi yoki anchadan beri uzumni sog'inganim uchunmi, bilmadim, lekin o'sha payt uzum rosa shirin tuyuldi. Oilamiz anchadan beri nochorlikda, g'aribona hayot kechirgani uchun uzum eyishni sog'ingan ekanman. Ketidan yana bir-ikki shingilni ergashtirdim. Dasturxonda boshqa katta yoshli mehmonlar ham bor edi. Singillarim rosa uyatchan bo'lganlari sabab uzumga qo'l uzatisholmadi. Men englar deb qancha imlasam ham uzumdan olishga botina olishmadi. Lekin rosa egilari kelayotgani shundoq yuz-ko'zlaridan bilinib turardi....
Uyga qaytarkanmiz yo'lda onamning nasihatlari yodimga tushdi. “Sen singillaringga bersang, Alloh senga o'ylamagan tarafingdan yanada ko'p qilib etkazadi” degan gaplarini esladim. Cho'ntagimni qarasam, ozgina pulim bor ekan. Bu pulga o'zim kecha ko'rgan yangi kitobni sotib olmoqchi edim. Kitobni sinfdoshlarimdan olib o'qirman dedimda o'sha pulimning hammasiga yo'l ustidagi bozorga kirib singillarim bilan ikki bosh uzum sotib oldik.
Uyga kelgach, o'z qo'lim bilan uzumni yuvib, katta tovoqqa solib, singillarimning oldiga qo'ydim. O'zim emay ularni kuzatib o'tirdim. Singillarim uzumni shunday ishtaha bilan eyishardiki, ularni kuzata turib uzum go'yo ularning emas, mening tomog'imdan o'tayotgandek bo'lardi. Men ana shunda o'zimni haqiqiy akadek his qildim. O'sha kuni ularning uzumni mazza qilib eyishlarini ko'rib, ich-ichimdan ta'riflab bo'lmas rohatni his qilganman.
Onam haq ekanlar. O'sha kundan keyin, o'qishlarimda, ishlarimda faqat oldinga siljishni ko'rdim. Alloh menga singillarimga berganimdan bir necha barobar qilib mol-dunyo berdi. Singillarimni ham Alllohning yordami ila birma-bir egalariga topshirdik.
Onamning irshodlari sabab singillarim bilan oqibatimiz go'zal bo'ldi. Hozirgacha qarindoshlar yig'iladigan bo'lsak, singillarim o'sha uzum voqeasini eslashadi. O'shanda egan uzumlari ta'mi hali ham og'zilaridan ketmaganini aytishadi. Bizning shu qadar oqibatli bo'lishimizga sababchi bo'lgan onamni Alloh O'z rahmatiga olgan bo'lsin.
Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.
Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.
Vaqf.uz