Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

Suvni sunnatga muvofiq ichishda shifo bor...

26.02.2024   923   4 min.
Suvni sunnatga muvofiq ichishda shifo bor...
 

Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam ichimlik ichganda uch marta nafas olar edilar va: “Mana shu qondiruvchiroq, bezararroq va singuvchiroq”, der edilar», deyiladi (To'rtovlari rivoyat qilishgan). Suvni o'tirib, oz-ozdan ichish va isrof qilmaslik borasida nabaviy ta'limot bor.

Suvning foyda-zararlari hamda uni sunnatga muvofiq ichish xususida diyetolog, nutritsiolog, endokrinolog Osiyo ISMOILOVA bilan suhbatlashdik.

– Assalomu alaykum. Suvni to'g'­ri tanlab, to'g'ri ichish muhim. Suv ichish oddiy holat bo'lib ko'rinsa-da, aslida undan shifo topish uchun bili­shimiz kerak bo'ladigan masalalar nimalardan iborat?

– Alloh bergan ne'matlarni to'g'ri iste'mol qilish eng yaxshi shifo ekanini ko'pchilik bilmaydi. Jismimizdagi limfa tizimi tanamizdagi zararli moddalarni chiqarishga xizmat qiladi. Uning ishlashi bevosita suv bilan bog'liq. Suv kam ichish limfa tizimi faoliyati qiyinlashib, qon quyuqlashishi, o't qopi muammolari, qon bosimi ko'tarilishi yoki pasayishiga sabab bo'ladi. Qonni suyultirib, uni tozalaydigan omil bu – suv. Inson vazniga ko'ra suv ichishi kerak. Ko'pincha o'rtacha 2,5 yoki 3 litr suv iste'mol qilinadi. Suv ichish masalasida eng to'g'ri usul Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari – o'tirgan holatda, shoshilmay ichishdir.

– Kunning qaysi vaqtlarida suv ich­gan yaxshi?

– Suvni har qanday vaqtda ichsa bo'la­di. Biroq ko'p insonlarda noto'g'ri ov­qatlanish va suvni etarlicha ichmagani sababli kechga yaqin, ya'ni shomdan keyin terida shishlar paydo bo'ladi. Bu shishlar aslida buyrakda muammo borligini bildiradi.

– Suvni to'g'ri ichishning ozishga ta'siri bormi?

 Suv insonni ozdirmaydi. Yog' – erishi qiyin bo'lgan quyuq modda. Bu moddani insulin gormoni tanaga qoplab beradi. Masalan, oddiy idishingizdagi yog'ni suv bilan yuvolmaysiz. Maxsus vosita bo'lmasa, ba'zi yog'lar ketmaydi. Inson suvni vaqtida va etarli miqdorda iste'mol qilsa, ozishi mumkin.

– Ko'p qavatli uylardagi suvlar, qu­duq suvlarining foydali va zararli jihatlariga to'xtalsangiz.

– Ko'p qavatli uylarda yashovchi aholi xlorli suv ichishdan ehtiyot bo'lishlari zarur. Hlorli suvni shisha yoki sirli idishda tindirib, so'ngra qaynatib ichish kerak. Qaynatilgan suvni yana qaynatish zararlidir.

Bugun suvni fil'trlab beradigan turli jihozlar ko'paydi. Shulardan foydalanish mumkin. Do'konlarda sotilayotgan distillangan suv ham minerallarga boy.

Sog'lom bo'lay desangiz, ichayotgan suvingizga e'tiborsizlik qilmang. 

Kamola ADAShBOYeVA

suhbatlashdi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

15.08.2025   5849   1 min.
O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida diniy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.


Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.


Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.


Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri