Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2025   |   22 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:33
Peshin
12:32
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:45
Bismillah
16 Avgust, 2025, 22 Safar, 1447

Hamma bir kishi uchun...

26.02.2024   654   5 min.
Hamma bir kishi uchun...

Dadam yoshligimizdan bizni muammolarimizni birga hal qilishga o'rgatganlar. Oilada qaysi birimiz bo'lsa ham, muammoli vaziyatga duch kelsak, dadam farzandlarining hammasini to'plar edilar va “Ukalaringizning shunday-shunday muammolari bor ekan, kelinglar, unga qanday yordam berishni o'ylab ko'raylik” deb barchani fikrlashga chaqirardilar. O'sha muammolarning aksariyati dadamning bir o'zlari echim topa oladigan muammolar edi. Lekin dadam bizni muammo xoh katta bo'lsin, xoh kichik bo'lsin, mushkul vaziyatda jigarlarni tashlab qo'ymaslikka, qo'ldan kelganicha bir-birimizga yordamga shoshilishga o'rgatdilar.

Esimda, kollejda o'qib yurgan paytlarim menga o'qishim uchun kal'kulyator juda zarur bo'lib qoldi. O'sha paytda dadamning ishlari juda ham yaxshi emas, uning ustiga men o'qishim uchun olmoqchi bo'lgan kal'kulyatorning narxi biroz balandroq edi. Shundayligini bilsam-da kal'kulyator men uchun asosiy o'quv quroli bo'lganidan buni dadamga aytdim. Dadam: “Ho'p, o'g'lim, imkon qadar tezroq olib berishga harakat qilaman”, dedilar.

Ertasi kuni o'qishdan kelsam, dars qiladigan stolimiz ustida yap-yangi kal'kulyator turibdi. Uni ko'rib ko'zlarim quvonib ketdi. Dadamning xonalariga kirsam, namoz o'qiyotgan ekanlar. Minnatdorchilik bildiraman deb, namozdan chalg'itmaslik uchun ovoz chiqarmay kutib turdim. Dadam namoz o'qib bo'lib duoga qo'llarini ochdilar: “Robbim, O'zingga beadad shukrlar bo'lsin, farzandlarimni bir-biriga oqibatli qilganing uchun O'zingga cheksiz hamd aytaman, bugun katta qizim ukasiga kal'kulyator olib beribdi. Farzandlarim orasidagi mehr-muhabbatni bundan ham ziyoda qilgin, oqibatlarini oxirigacha go'zal qilgin...”.

Dadam orqalarida mening kutib o'tirganimni bilmay duoni davom ettiraverdilar. Shu topda opamning “Tengdosh dugonalarim kiyib olgan yangi ko'ylakdan men ham olmoqchiman” deb yig'ib yurgan pullari xayolimga keldi... Ha, opam mening o'qishim uchun ko'ylak orzu-havasidan voz kechgan edilar...

Opam peshonamdan o'pib, “Ukajonim hozir sen o'qishing juda muhim, yangi ko'ylakni keyinroq olsam ham bo'laveradi. Ertalab dadamga aytayotganingni eshitib qolgandim, sen o'qishga ketgach, shartta bozorga borib olib keldim. Sen hech ham xijolat bo'lma, hozir faqat o'qish haqida o'yla” deb meni ancha xotirjam qildilar.

O'sha kuni tuni bilan uxlolmay yotdim. Bu voqea... dadamning duolari... opamning qilgan ishlari... menga aytgan gaplari... hammasi ko'z oldimdan bir-bir o'taverdi...

Demak aka-uka va opa-singillar orasidagi yaqinlik o'z hojatlaridan ularni ustun ko'rish darajasida yaqin bo'lishi kerak ekan degan xulosaga kelganman o'shanda.

Otam bizni shaxzodalaru malikalar kabi boqmagan bo'lsalar ham, bizga uncha-muncha otalar bera olmaydigan oltinlardan ham qimmat tarbiyani berib ketgan ekanlar. Otam qilgan ishlari, tijoratlarida omadlari kelmagan bo'lishi mumkin, lekin bu dunyodan mingta tijorat foydasidan ham qimmatbaho narsani olib ketdilar. Ortlarida ularni doim eslab duo qiladigan, birining boshiga muammo tushganda yordamga barchasi hoziru nozir bo'ladigan farzandlar qoldidrib ketdilar.

Ha, bugun aka-ukalar bir-birimidan uzoqda, hatto boshqa-boshqa shaharlarda yashaymiz. Lekin doimo qalban birgamiz. Qachon birimizning boshimizga muammo tushadigan, mushkul vaziyatga kirib qoladigan bo'lsak, hamma birdaniga yordamga shoshiladi, hech kim o'zini chetga tortmaydi.

Allohga shukrlar bo'lsinki, dadam o'sha yoshlik paytimizda qilgan uslublarini hozir ham amalda qo'llaymiz. Kerak bo'lsa, bir uyga yig'ilib, o'sha bolaligimizdagidek “Qanday yordam bersak bo'larkin” deb bosh qotiramiz.

Bularning sababi, albatta avvalo Allohning fazli va qo'rs-qo'pol koyishlar, tanbehu dashnomlar bilan emas, o'zining amali bilan bizga tarbiya bergan dadamning sharofatlaridir. Alloh otamizdan rozi bo'lsin, O'z rahmatiga olgan bo'lsin.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi

15.08.2025   1635   1 min.
Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi

Bugun, 15 avgust kuni Chust tumanidagi “Said Nasimxon to‘ra” jome masjidida tadbirkorlarimiz homiyligida  yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan bolajonlarga maktab o‘quv qurollari va sumkalar hadya qilindi.


Xayriya tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan ota-onalar va o‘quvchi yoshlar muborakbod etildi.


Tadbir so‘ngida yurtimiz ravnaqi va yoshlarimizning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun xayrli duolar qilindi. 

Ravza.uz

Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi