Payg'ambarimiz Mustafo sollallohu alayhi vasallamning ikki hadislari odamlar bilan muomala qilish qoidalarini ta'sis etadi:
Birinchisi: “Muloyimlik nimadaki bo'lsa, uni ziynatlaydi va qaysiki narsa muloyimlikdan mahrum bo'lsa, uni bulg'aydi”.
Muhammad Ibn Abu Bakr rahimahulloh aytadilar: “Qalb uchun odamlar bilan yumshoqlik hamda ularga yaxshilikni ravo ko'rish birla muomala qilishdan-da foydaliroq narsa yo'q! Agar senga begona odam bo'lsa mehrini, muhabbatini qozonasan, agar do'sting yoki yaqining bo'lsa, muhabbati va e'tibor bardavom bo'lishini ta'minlagan bo'lasan. Agar dushmaning bo'lsa, lutfing bilan uning cho'g'ini o'chirasan, yomonligidan qutulasan!”
Ikkinchisi: “Kimki do'zaxdan uzoqlashishni va jannatga kirishni istasa, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan holda o'limni qarshi olsin hamda o'ziga qanday muomala qilinishini xohlasa, odamlarga ham shunday muomalada bo'lsin!”.
Bu odamlar bilan muomala qilishdagi Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizga o'rgatib ketgan juda muhim qoidadir. Uning mazmuni: “Mo'min kishi boshqalar unga qanday muomalada bo'lishini xohlasa, ularga o'zi ham xuddi shunday muomalada bo'lsin”, deganidir.
Agar odamlar shu qoidaga amal qilsalar bormi… “Falonchi menga zulm qildi”, degan odamni ko'rmasdik, hech kim birodarining haqqini poymol qilmagan bo'lardi.
Nasihat qiling, biroq uyatga qo'ymang!
Urushing, koying, lekin jarohat etkazmagan holda!
Birodarchilik davom etishi uchun xatolarni o'chirib yuborsak naqadar yaxshi-a?!
Biroq buning aksi-chi? Ya'ni yo'l qo'yilgan xatolik tufayli birodarchilikni o'chirib yuborish? Undan qattiq saqlanmoq darkor!
Luqmoni Hakim aytadi: “Ey o'g'lim! Men ko'p payg'ambarlarni ko'rdim va ulardan quyidagilarni o'rgandim:
- Namozda turgan payting qalbingni har xil o'y-xayollardan muhofaza qil!
- Odamlar orasida o'tirganingda, tilingga e'tiborli bo'l!
- Odamlarning uyiga kirsang, ko'zingni tiy, iznsiz hech narsaga qarama!
- Ovqatlangani o'tirsang, oshqozoningni oshiqcha ovqat eyishdan saqla!
- Ikkita narsani hargiz eslama, yodga olma: odamlarning senga qilgan yomonligi va odamlarga qilgan yaxshiliging!”.
Kimki odamlardan sodir bo'lgan ishlarni yaxshi ma'noga yo'yib, chiroyli gumon qilsa, niyati turli xil xayollardan sog' qoladi, ko'ngli yorishadi, gunohlari kechiriladi va Alloh uni yomonliklardan, balolardan himoya etadi!
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.
Vaqf.uz