Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Buxoroning nurli ustozi – 75 yoshda

19.08.2025   11639   1 min.
Buxoroning nurli ustozi – 75 yoshda

Bugun Buxoroi sharifda ilm va ma’rifat yo‘lida umrini sarflagan ulug‘ ustoz – Mir Arab oliy madrasasi va Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi, Bahouddin Naqshband jome masjidi imom-xatibi, muhtaram Abdug‘afur Razzoq Buxoriy hazratlari muborak 75 yoshni qarshi olmoqdalar.
 

Ustoz hazratlari umrlarining 50 yildan ortiq qismini islom dini ravnaqiga, yoshlarni tarbiyasiga va ajdodlar merosini asrab-avvaylashga bag‘ishladilar. Buxoro shahar “Xo‘ja Zayniddin” masjidida imom sifatida, shuningdek, Buxoro viloyati qozisi sifatida xalqqa xizmat qildilar. U zotning zahmatli mehnatlari, ilmga bo‘lgan sadoqatlari va tolibi ilmlarga mehribonliklari minglab shogirdlar qalbida ilhom uyg‘otdi.


Abdug‘afur Razzoq Buxoriy hazratlari nainki faqat imom-xatib va mudarris, balki haqiqiy ma’naviyat ustuni, ilm va tarbiya maydonida namuna bo‘lib kelmoqdalar. U zot xattotlik, tabobat, ilm va ma’rifat sohalarida ham o‘zining yuksak bilimi va mahoratlari bilan tanilganlar.


Haqiqatan ham, ustoz  hazratlari tolibi ilmlarning peshvosi, yoshlarning haqiqiy murabbiysi, zamondosh ulamolar orasida e’tiborli va ardoqli alloma sifatida tanilganlar. U zotning har bir so‘zlari, har bir nasihatlari qalblarga nur, ilmga chanqoq yoshlar uchun esa yo‘l-yo‘riqdir.


Bugun, shu tabarruk kunlarda, ustozga uzoq-umr, sihhat-salomatlik tilaymiz. Xalqimiz, Vatanimiz va dinimiz yo‘lida yana ko‘p yillar davomida samarali xizmat qilishlarini Allohdan so‘rab qolamiz.


Ustoz, ilm yo‘lida zahmat bilan o‘tgan muborak yoshlaringiz muborak bo‘lsin!

Mir Arab oliy madrasasi
Matbuot xizmati



 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

17.09.2026   10894   1 min.
Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.


12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.


Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.


Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari