Imomi Muhammad ibn al Hasan rohmatullohi alayhi bilan Kisoiy rohmatullohi alayhi bir majlisda birga edilar. Kisoiy rahmatullohi alayhi Muhammad ibn al Hasan rohmatullohi alayhning xolasining o'g'li edi. Muhammad Kisoiyga; Shuncha zakovating bo'la turib, nima uchun fiqh ilmi bilan shug'ullanmaysan dedi. Shunda Kisoiy Arab tili sarf - nahvsini puxta bilgan kishi boshqa ilmlarni ham bemalol o'qiy oladi dedi. Imomi Muhammad uni imtihon qilib ko'rmoqchi bo'ldi. Men senga fiqhdan savol beraman, sen esa javobini nahvdan chiqarchi dedi. Mayli so'rang dedi, Kisoiy. Sajdai sahv vojib bo'lgan kishining sajda qilishi esidan chiqib qoldi, unga sajda qilish vojib bo'ladimi? dedi. Shunda Kisoiy bir oz o'ylab turdida, yo'q unga sajda qilish vojib bo'lmaydi dedi. Javobing to'g'riku ammo Nahv qoidalarining qaysi bobidan chiqarding dedi. Nahv ilmining falon bobida لا يصغر المصغر (ismi tasg'ir qayta yana tasg'ir qilinmaydi ) deyilgan, deb javob berdi. Imomi Muhammad rohmatullohi alayhi uni zakovatidan ta'ajjublandi.
Yuldashev Izzatulloh
Toshkent islom instituti “Tillar” kafedrasi o'qituvchisi