Bir bilimdon kishidan so'rashibdi: “Facebookda eng yaxshi do'st kim?”.
Biroz jim turib, so'ng javob beribdi: “U bilan kam gaplashsangiz koyimaydigan, “biror sababi bordir”, deya yaxshi gumon qiladigan, sizni rasm bilan belgilamaydigan, guruhlarga qo'shib qo'ymaydigan, siz bilan biror fikrda bahslashganda darrov arazlashga, jahl qilishga o'tmaydigan, sizni “blokirovka” qilib qo'ymaydigan, aksincha ko'p bahslashishi sizga bo'lgan yaqinligini, mehrini, hurmatini ko'taradigan do'st Facebookdagi eng yaxshi do'stdir”
Keyin yana so'rashibdi: “Eng yomon do'st kim?”.
“Yomon xislatlar haqida qo'ygan hamma postda siz uni nazarda tutgansiz deb o'ylaydigan, gapingizni eng yomon ma'noda qabul qiladigan, gapingizning agar etmishta to'g'ri ma'nosi bo'lsa, hammasini qo'yib, yomon ma'noda tushunib oladigan odam – eng yomon do'st”.
Keyin bularning hammasidan ham yomonroq narsa haqida so'rashibdi.
Ko'zlari yoshga to'lib debdiki: “Kimdirdan sadoqatni kutsang-u, u sendan yuz o'girsa, sadoqatga muvofiq ish qilmasa mana shu eng og'ir holat!
Ba'zilar sadoqatni pulga sotib olsa bo'ladi deb o'ylaydi. Aslida bitta qalin do'stga erishishga ketkazgan yillaringizda Facebook va Twitterda minglab do'stlar orttirsangiz bo'ladi.
Odamlar bilan yaxshi do'stlik rishtalarini bog'lash hozirgi kunda juda oson, bitta tugmani bosasiz, qarabsizki bitta do'stingiz bor. Biroq bu haqiqiy do'stmi?
Ma'lum bir shirkat yoxud mavqe' egasi bo'lmasangiz, Facebookda tanimagan odamlaringizni o'zingizga qo'shmang, faqat tanishlaringiz bilan gaplashing. Chunki tanimagan odam sizning manzilingizga sizga loyiq bo'lmagan rasmni tashlab qo'yishi yoki noo'rin kommentariyalar yozib qo'yishi mumkin.
Begona odamlar bilan tanishish bilan vaqtingizni ketkazmang, chunki narigi tarafda turib sizga yozayotgan odam kim ekanini bilmaysiz, hatto u ayol kishi bo'lishi ham mumkin!”.
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik tantanalari arafasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Jizzax viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“Zakovat” o‘yini O‘zbekiston musulmonlari idorasining barcha hududiy vakilliklari doirasida o‘tkazilib, intellektual bellashuvi bilan bir qatorda sportning futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etiladi.
Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Nurali Raimov va boshqa mutasaddilar intellektual bellashuv boshlanishi arafasida so‘zga chiqib, yurtimiz istiqlol ayyomi munosabati bilan o‘tkazilayotgan musobaqaning ahamiyati haqida so‘zladilar hamda ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar.
Mazkur musobaqa va bellashuvlar diniy soha xodimlarining aqliy va jismoniy faolligini oshirish, o‘zaro jamoaviy hamfikrligini qo‘llab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash, ilmiy salohiyatlarini oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi tashkiloti hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tasdiqlangan dastur asosida o‘tkazilmoqda.
20 ta jamoa ishtirok etgan “Zakovat” qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Intellektual o‘yinning yakunida 1-o‘rinni Jizzax shahar masjidlari xodimlaridan iborat “Imom Buxoriy”, 2-o‘rinni Paxtakor tumani masjidlari xodimlarining "Paxtakor" hamda 3-o‘rinni Sharof Rashidov tumani imom-xatiblaridan tuzilgan "Sharof Rashidov" jamoaci qo‘lga kiritib, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘MI Matbuot xizmati