Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Navoiy imom-xatiblarining “Zakovat”dagi bellashuvi qizg‘in kechdi

02.09.2025   9210   1 min.
Navoiy imom-xatiblarining “Zakovat”dagi bellashuvi qizg‘in kechdi

Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida Navoiy viloyati imom-xatiblari o‘rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvi tashkil etildi.

 
Tadbir Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurjon domla Atoyev, viloyat hokimining o‘rinbosari Elyor Mardonov, shahar va tuman imom-xatiblari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.


Bellashuvda viloyatning 11 ta hududidan 7 ta jamoa ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra:

1 o‘rin — Karmana tumani "Qosim shayx" jamoasi
2 o‘rin — Zarafshon shahrining "Qizilqum" jamoasi
3 o‘rin — Navbahor tumani "Qalqon ota" jamoasi egallashdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Navoiy viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Navoiy imom-xatiblarining “Zakovat”dagi bellashuvi qizg‘in kechdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekiston Konstitutsiyasi: asosiy huquqiy hujjat va davlat poydevori

03.12.2025   183   2 min.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi: asosiy huquqiy hujjat va davlat poydevori

O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatimiz davlat tuzilishi, fuqarolar huquq va erkinliklari, davlat organlari hokimiyat tarkibi va ularning vakolatlari va jamiyat uchun huquqiy maydonni belgilaydigan eng oliy huquqiy hujjatdir. Asosiy qonun 1992 yilning 8 dekabrida Respublika Oliy Kengashida qabul qilingan.

Konstitutsiya lotincha constitutio – tuzilish, tuzuk degan ma’nolarini anglatadi. 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga asoslanadi. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadan iborat.

Konstitutsiya har bir davlatning siyosiy va huquqiy tizimini belgilab beradigan eng muhim qonunlar majmuasidir. Shu bois Konstitutsiyani “bosh qonun” deb atashadi. Konstitutsiyaning eng muhim jihatlaridan biri u xalqning umumiy irodasini ifodalashidir. Shuning uchun Konstitutsiya faqatgina huquqshunoslar uchun emas, balki har bir fuqaro uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi.

Har qanday konstitutsiyaning markaziy o‘rnida inson va uning huquqlari turadi. Zamonaviy konstitutsion tizimlarda inson qadr-qimmati, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar alohida ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya mazkur huquqlarning daxlsizligini kafolatlab, davlat organlariga ularni himoya qilish va rioya etish majburiyatini yuklaydi. Bu esa demokratik jamiyat barpo etishda asosiy omillardan biridir.

Konstitutsiya, shuningdek, hokimiyat tarmoqlari — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi mutanosiblikni belgilaydi. Bu tizim hokimiyatning bir qo‘lda to‘planib qolmasligi, samarali nazorat va muvozanat saqlanishi uchun juda muhimdir. Hokimiyatning chegaralangani va bir-birini tiyib turuvchi mexanizmlar mavjudligi davlat boshqaruvining barqaror va adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Shu jihatlari bilan Konstitutsiya davlat hayotining asosiy ustuni, jamiyatning siyosiy taraqqiyoti va huquqiy madaniyatning bosh manbaidir. U qonun ustuvorligi, inson huquqlariga hurmat va fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan muhitni shakllantiradi. Mazkur hujjatning mavjudligi va unga amal qilinishi har qanday davlatning barqaror rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatimizda huquqiy, demokratik va ijtimoiy davlatni barpo etish, fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlash, davlat organlari va jamiyat o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy hujjat. Uning amal qilish inson qadr-qimmatini ko‘tarib, mamlakatimiz taraqqiyoti, barqarorligi va farovonligiga xizmat qiladi.

Shermuhammad Boltayev,

Xorazm viloyati Shayx Qosim bobo

masjidi imom-xatibi

Maqolalar