Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2025   |   27 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:38
Peshin
12:31
Asr
17:14
Shom
19:17
Xufton
20:36
Bismillah
21 Avgust, 2025, 27 Safar, 1447

“25 yildan beri mahrimni olganim yo'q”

21.02.2024   541   3 min.
“25 yildan beri mahrimni olganim yo'q”

Cavol: Turmush qurganimizga 25 yil bo'ldi. Erim mahrimni bermagan, o'zim ham so'ramaganman. Bu haqda bizga hech kim aytmagan ham. Uni o'zim so'rab olishim shartmi? Mahrimni bermagani uchun erim gunohkor bo'lmaydimi? Aslida, bermasa ham roziman.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. “Mahr” nikoh bitimi tuzilgandan keyin erning zimmasiga vojib bo'ladigan moliyaviy majburiyatdir. Alloh taolo “Niso” surasida quyidagicha marhamat qiladi: “Ayollarga mahrlarini ko'ngildan chiqarib bering”(4 oyat).

Alloh taolonig ushbu so'zi mahr berish vojib ekanini anglatuvchi oyati karimalardan biridir. Oyatda er o'ziga xotin bo'lishga rozi bo'lgan ayolga mahrni og'rinib emas, chin ko'ngildan chiqarib berishi lozimligi uqtirilmoqda va mahr kelinning o'z mulkiga aylanishiga ham ishora qilinmoqda.

Nikoh bo'lishi bilan, hattoki qovushmay turib ajrashadigan bo'lsalar ham mahr berish vojib bo'ladi. Bu shar'iy hukm kelinlarni hurmatlash, taqdirlash va qalblariga mehr-muhabbat hadya etishning muhim bir ko'rinishidir.

Nikoh aqdidagi ushbu vojib amalni kelin-kuyov o'zaro kelishib, ikkimiz ham rozimiz, bu hukmga amal qilmay qo'yaveramiz, deyish orqali soqit qila olmaydilar. Agar bilimsizlik oqibatida yoki boshqa sabablarga ko'ra mahr belgilanmay, nikohlanib ketgan bo'lsalar ham keyin baribir mahr berilishi kerak. Hatto er mahrni berishdan oldin vafot etib qolsa ham merosxo'rlari mahrni ado etishlari lozim bo'ladi.

Ana shunday mahr belgilanmay o'qilgan nikoh sababli, erning zimmasiga mahri misl vojib bo'ladi. “Mahri misl” (boshqalarning mahriga tenglashtirilgan mahr)ning qiymati ayolning opa-singillari, ammalari, ammalarining qizlari (ya'ni, otasining qavmi)ning mahrlariga teng mahrdir. Onasi va xolasining mahriga qaralmaydi. Faqat onasi otasining qavmidan bo'lsa, uni e'tiborga olinadi. “Mahri misl”da (qiyoslanadigan) ikki ayol yosh, chiroy, mol, aql, din, shahar va vaqt (yana bokiralik, ilm, odob va chiroyli xulq)da barobar bo'lishi e'tiborga olinadi” (Muxtasarul Quduriy, Lubob fi sharhil kitob kitobi Nikoh bobi).

Demak, ota tomondan har tomonlama teng bo'lgan qizlarga nikohlarida qancha mahr belgilangan bo'lsa, eringiz sizga ham shuncha mahr berishlari kerak. Ana shundan keyin o'zaro kelishib, agar chin ko'ngildan roziman bermasangiz ham mayli desangiz, inshaalloh, eringizdan soqit bo'ladi. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

 Diniy ta’lim: qonuniy va noqonuniy saboq berish qaysi jihatlarda namoyon bo’ladi?

20.08.2025   1339   1 min.

Noqonuniy diniy ta’lim berish bilan bog‘liq salbiy holatlar;

Qonuniy diniy ta’limga imkon bormi?”;

Ota-onalar o‘z farzandiga diniy ta’limdan saboq berishi mumkinmi?;

Bugungi kunda yurtimizda nechta diniy ta’lim muassasasi mavjud?;

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari faoliyati;

Xorijda farzandingiz kimdan qanday saboq olayotganini bilmaysiz;

Noqonuniy diniy ta’lim uchun qanday javobgarlik belgilangan?;

Qonunchilikdagi o’zgarishlar nimalardan iborat?

Videolavhalar