Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2025   |   22 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:33
Peshin
12:32
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:45
Bismillah
16 Avgust, 2025, 22 Safar, 1447

Mixli sho'rva falsafasi

21.02.2024   542   4 min.
Mixli sho'rva falsafasi

Hikoya qilinishicha, bir faqir kishi qahraton sovuqda bir burda emish izlab ko'chalarda kezib yurgan ekan. Biroq hech narsa topa olmay, bir uyning eshigi tagiga o'tiribdi va uyquga ketibdi.

Tong otgach uy eshigini bir qari ayol ochibdi. Eshigi tagida o'lar holda yotgan kishini ko'rib, “Sizga nima bo'ldi?” deb so'rabdi.

Haligi kishi juda ham och-nahor ekanini va qattiq sovuqda qolganini aytibdi. Qariya ayol uni uyiga olib kirib, isinib olishi uchun yopinchiq va bir stakan issiq suv beribdi. U ayol juda baxil bo'lib, hech kimga hech narsa bermas ekan. Qorni juda ham ochgan bu kishi uning baxilligini sezibdi, lekin uni uyiga olib kirganidan qalbida ozgina bo'lsa ham rahm-shafqat borligini bilibdi.

Cho'ntagidagi zanglagan mixga ko'zi tushib: “Bitta qozonim va idishim bo'lganida edi, sizga qo'lbola qilib mix sho'rva qilib berardim”, debdi.

Qariya ayol bundan hayratlanib: “Mix sho'rva?! Nimalar deyapsan, hoy bola?” debdi.

Kishi uni mana shu mixdan zo'r sho'rva tayyorlay olishiga ishontiribdi. Shunda gapiga ishongan kampir unga idish berib, qozon va o'choq turadigan joyni ko'rsatibdi.

U o'choq oldiga borib, qozonga suv va mixni solibdi, keyin olovni yoqibdi. Biroz kutgach debdi: “Ozgina tuz va ko'katlardan qo'shib yuborsak sho'rva yanada mazali bo'lardi”.

Kampir unga so'ragan narsasini bergan ekan, mehmon tabassum bilan: “Siz juda yaxshi, saxovatli ayol ekansiz” deya maqtay ketibdi. So'ng yana sho'rva mazali bo'ladi, degan bahona bilan piyoz va sabzi so'rabdi.

Atrofidagi odamlardan doim “baxil” degan tamg'ani eshitib yurgan ayol mehmondan bu maqtovlarni eshitgach xursand bo'lib ketibdi va unga sabzi, piyozlarni, u so'ramagan boshqa kerakli mahsulotlarni ham taqdim etibdi.

Kishi qozonga solingan mixni sekin olib cho'ntagiga qayta solib qo'yibdi. Sho'rva qaynab chiqqach, uni idishga solib, kampirning oldiga qo'yibdi.

Kampir va faqir kishi birga ovqatlanishibdi, kampir muzlatgichdan murabbo va boshqa nonxo'raklarni dasturxonga qo'yibdi.

Oxirida qariya ayol mehmonga rahmat aytib debdiki: “Mix ovqatga shunday ta'm kiritishini bilmagan ekanman!”.

Kishi tabassum qilgan holda: “Sizga rahmat, sizning saxovatingiz bo'lmaganda mixning o'zi hech narsa qila olmasdi”, debdi va ichida: “Aslida mix hech narsa qilgani yo'q, hammasini shirin so'zlar bajardi”, deb shivirlabdi.

Ba'zida farzandlarimizning tarbiyasini to'g'irlash uchun vaqt kechikib borayotganini, ular bizga turgan bitgani mashaqqat, kulfat bo'layotganini his qilamiz va ulardagi yomon sifatlarni aytib, koyiymiz-u, biroq yaxshi jihatlariga e'tibor bermaymiz, yaxshi sifatlari uchun ularni maqtamaymiz.

Hamma ota-onalar farzandlarini tarbiyalash yo'lida yuqorida keltirilgan hikoyadagi kabi zo'r “mix sho'rva” qilib, shirin so'zlar bilan, qo'llab-quvvatlash bilan ularni ijodkorlarga, boshliqlarga aylantira oladi.

Qani bir mixli sho'rva falsafasini farzandingizda qo'llab ko'ringchi…

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

15.08.2025   4368   1 min.
O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida diniy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.


Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.


Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.


Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri