Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Avgust, 2025   |   12 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:52
Quyosh
05:23
Peshin
12:34
Asr
17:28
Shom
19:38
Xufton
21:02
Bismillah
06 Avgust, 2025, 12 Safar, 1447

O'n uch yillik baxt

12.01.2024   581   2 min.
O'n uch yillik baxt

Yoshligimda otam og'ir hastalik sababli olamdan o'tganlar. O'shanda men 13 yoshda edim. Dadam shunchalar bag'rikeng, mehridaryo inson edilarki, menga 13 yil davomida bergan mehru muhabbatlari butun umrimga tatigulik bo'lgan. Ha, to'g'ri, hech qaysi farzand, ayniqsa, qiz bola ota mehriga to'ymaydi. Doim yonida suyanchig'i –otasi bo'lishini xohlaydi. Lekin taqdir ekan, otamdan erta yoshda ayrildim.

Otam boshqa otalarga o'xshamasdilar. Yo menga shunday tuyulardi yoki haqiqatda shunday edi. Otam meni doim suyib erkalar, “Kel, qizim, bir bag'rimga bosay, kel, qizim, bir o'pib qo'yay” deb yonlaridan qo'yib yuborgilari kelmasdi. Meni ko'rishlari bilan o'ychan o'tirgan paytlarida ham yuzlariga tabassum yugurardi. Men bilan gaplashganlarida boshqa narsaga yoki boshqa birovga chalg'imasdilar. Maktabdan kelsam yoki ko'chada uzoqroq vaqt o'ynab keyin uyga kirsam, “Qizim seni yo'qotib ko'ydim-ku, qayerda eding, sensiz uylar huvillab qoldi, seni sog'inib qoldik” deb kayfiyatimni ko'tarib yuborardilar.

Hozir 37 yoshdaman, 24 yildan beri otamni sog'inib yashayman. Otam vafot etdilar, lekin ularning mehr muhabbatlari, g'amxo'rliklari hali-hanuz men bilan barhayot. Otam 13 yil ichida boshqa otalar umri davomida bolalariga qiladigan g'amxo'rlik, e'tibor va mehrni berib qo'ygandilar. Go'yo qachon vafot etishlarini oldindan bilgandek, so'nggi kunlarigacha meni alohida e'tibor bilan siyladilar. Lekin baribir otamni sog'inaman. Alloh taolodan otam bilan jannatlarida ko'rishtirishini so'rab duo qilaman.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

“Jumadan jumagacha” (03.08.2025)

04.08.2025   3851   1 min.
“Jumadan jumagacha” (03.08.2025)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Videolavhalar