Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2025   |   19 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
17 May, 2025, 19 Zulqa`da, 1446

Bolangizni qori qilmoqchimisiz?

21.02.2024   1624   6 min.
Bolangizni qori qilmoqchimisiz?

Bu nikoh to'yi emas, balki 14 yoshdan oshmagan bola Qur'oni Karimni to'liq yod olgani munosabati bilan o'tkazilayotgan «Yurish marosimi». Marokashda Qur'oni Karimni to'liq yodlagan bolani barchaga namuna qilish, bolalarning qalblarida Qur'oni Karimni yodlashga bo'lgan rag'batni kuchaytirish uchun bunday marosim anchadan beri o'tkaziladi. 

Abu Dovudning rivoyatida:

«Kim Qur'onni o'qisa va undagi narsaga amal qilsa, uning ota-onasiga qiyomat kuni toj kiydiriladi. Agar u orangizda bo'lsa edi, uning ziyosi bu dunyo uylaridagi quyoshning ziyosidan ham yaxshiroq bo'lar edi. Endi bunga amal qilganga nima bo'lishini o'zingiz bilib olavering», deyilgan.

Qur'onni yod olmagan, ammo farzandining qori bo'lishiga sababchi bo'lgan ota-onaga shundoq ikrom bo'lsa, endi Qur'oni Karimni yod olib, undagi hukmlarga amal qilgan qorining o'ziga qanday mukofot bo'lishini tasavvur qilish qiyin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilishicha, «Qiyomat kuni Qur'on keladi, «Yo Rabbim, (Qur'on o'qigan bandani) kiyintir!» deydi. Unga karomat toji kiydiriladi. Keyin: «Yo Rabbim, unga ziyoda qil!» deydi. (Qoriga) karomat libosi kiydiriladi. So'ng: «Yo Rabbim, undan rozi bo'l!» deydi. (Alloh qoridan) rozi bo'ladi. Keyin (Qur'on sohibiga): «O'qi va ko'taril», deyiladi. (Alloh) har bitta oyat uchun bir pog'ona ziyoda qiladi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

«Kim Qur'on o'qisa, o'rgansa, unga amal qilsa, qiyomat kuni (boshiga) nurdan toj kiydiriladi. Uning ziyosi quyoshnikiga o'xshaydi. (Qorining) ota-onasiga ikki libos kiydiriladi. Ularga dunyo teng kelolmaydi. Ota-ona: «Bu (libos) bizga nima uchun kiydirildi!?» deyishadi. Shunda: «Farzandingiz Qur'on yodlagani uchun (shunday marhamatga loyiq ko'rildingiz)», deb aytiladi».

Boshidagi toj nimadan umidvorlik ekanini anglagandirsiz?

Aytgandek, Marokash qirolligida bolalar Qur'onni taxta lavhga yozib yod olishadi. Bir paytni o'zida ham Qur'oni Karimni yodlashadi, ham uning yozilishini o'rganishadi.

Biz Islom ma'hadida Qiroatdan imtihon topshirganimizda oyatni ham yoddan, ham doskaga yozib topshirganmiz. Ishoning, zo'r yod olmagan kishi oyatlarni yozishga qiynaladi. Chunki yoza olish, Alloh taoloning fazli ila, oyatning xotiraga zo'r muhrlanganini ko'rsatadi.

Qolaversa, bunda Usmon Mushafining yozuv uslubini ham o'zlashtiriladi.

Yozib yod olishda quloq, ko'z, qo'l, og'iz bo'shlig'i a'zolari kabi ko'plab his etish a'zolari ishtirok etgani uchun oyatlar xotiradan chuqur joy oladi.

Bugungi kunda yurtimizda Qur'oni Karim va tajvidni o'qitish kurslari ochilmoqda. Bu Robbimizning bizga ato qilgan ulkan ne'matlaridandir.

Alloh taolo bunday kurslar keng ko'lamda ochilishini, u erda ta'lim olayotganlar qori va qoriya bo'lib etishishlarini nasib etsin!

Ushbu kurslarda Qur'oni Karimni ta'lim berayotganlar yaxshi ummatning yaxshi vakillaridir. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu borada hadisi sharif bor.

عن عثمان رضي الله تعالى عنه- قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ( خيركم من تعلم القرآن وعلمه ) أخرجه البخاري

 

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur'onni o'rganib, uni boshqalarga o'rgatganingizdir».

Imom Buxoriy rivoyati.

Alloh taolo zurriyotlarimizni Qur'oni Karimni to'la yod olib, hukmlariga amal qilib, O'zining xos bandalaridan bo'lib borishlarini nasib etsin!

Robbimiz qiyomatda qori farzandlarimiz sababli boshimizga izzat tojini, ustimizga karomat sarposini kiydirsin!

Islom.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Shu yerda otamni urgan edim

16.05.2025   1578   2 min.
Shu yerda otamni urgan edim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

عَنْ مُسْلِمِ بْنِ عَبْدِ اللهِ الْحَنَفِيِّ قَالَ: بِرَّ وَلَدَكَ فَإِنَّهُ أَجْدَرُ أَنَّ يَبَرَّكَ فَإِنَّ مَنْ شَنَأَ عَقَّهُ وَلَدُهُ

Muslim ibn Abdulloh Hanafiydan rivoyat qilinadi: Bolangga yaxshilik qil. Shunda u senga yaxshilik qiladi. Kim yomonlik qilsa, bolasi unga oq bo‘ladi.

Bolang kichikligida sen unga yaxshilik qilib, tarbiyasini va muomalasini yaxshi qilgin, qariganingda u senga yaxshilik qaytaradi. Ammo kim yoshligida farzandiga yomonlik qilib yurgan bo‘lsa, qariganida farzandidan ko‘radi.

Ota-ona o‘zining farzandi oldidagi majburiyat va mas’uliyatini sharaf bilan ado etib qo‘ysa, qariganida albatta qilgan yaxshiliklari bolasidan qaytadi.

Xuddi shu ma’noga o‘xshash yana bir gap bor. Kim yoshligida ota-onasiga yaxshilik qilsa, qariganida unga ham bolasi yaxshilik qiladi. Bu holat aksincha bo‘lishi ham mumkin.

Otamiz rahmatli shu ma’nodagi hikoyani bir necha marta takrorlaganlarining guvohi bo‘lganmiz.

Odamlar yo‘lda ketishayotsa, bir yigit oqsoqol cholni kaltaklayotgan emish. Ular tezlab borib, oqsoqolni ajratib olishibdi va yigitga o‘dag‘aylab, unga zardali savollar bera boshlashibdi. Shunda oqsoqol o‘zidan oqqan qonni arta turib: «Unga tegmanglar. Hamma ayb o‘zimda. Men yigitlik chog‘imda xuddi shu yerda otamni urgan edim», debdi.

Shunday ekan, har bir kishi ota-onasiga ham, farzandiga ham doimo yaxshilik qilish payidan bo‘lishi kerak. Qisqasi, har kimga shariat tomonidan berilgan haqning rioyasini qilish lozim.

«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz.

 

Maqolalar