Halqaro anjuman
So'nggi yillarda mamlakatimiz ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik va yangilanishlar, ta'lim va ma'rifatga e'tibor, shubhasiz, yurtimizning tashqi siyosatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Horijiy tahlilchilarning fikricha, bugun O'zbekiston o'zining misli ko'rilmagan ochiqligi va jadal taraqqiyoti bilan dunyoda ajralib turgan mamlakat sifatida namoyon bo'lmoqda.
Maqsad-vazifalar, muammolarni o'zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish hamda dunyoning etakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalar yuritish eng ustuvor vazifa bo'lmoqda. Hususan, O'zbekistonning musulmon davlatlari bilan hamkorligi yil sayin mustahkamlanyapti. Saudiya Arabistoni Podshohligi, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar bilan yaqin aloqalar yangi bosqichga ko'tarildi.
Mustahkamlanayotgan aloqalar
Ta'kidlash joiz, mazkur davlatlar rahbarlari bir necha bor yuzma-yuz muloqot qilib, keng qamrovli hamkorlikni kelishib oldilar. Mazkur oliy darajadagi uchrashuvlar samarasi o'laroq diniy-ma'rifiy sohada ham o'zaro yaqin aloqalar yo'lga qo'yildi.
Muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida olib borayotgan ochiqlik siyosati diniy sohaga ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Natijada O'zbekiston musulmonlari idorasining islom olami bilan aloqalari rivojlanib, ko'plab xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o'rnatildi, turli davlatlarning diniy idoralari bilan memorandumlar imzolandi. Sohaga doir taklif va tashabbuslar musulmon dunyosi tomonidan qo'llab-quvvatlanib, nufuzli tadbirlar hamda anjumanlarga mamlakatimiz mezbonlik qilib kelayotgani ham mazkur islohotlar samarasi desak, adashmaymiz.
Dunyo ulamolari e'tirofi
Halqaro anjuman va ilmiy konferentsiyalarda ulamolarimizning chiqishlari yuqori baholanayotgani, ular nufuzli xalqaro tashkilotlar a'zolari safidan o'rin olayotgani va ularning jahon uzra tan olinayotgani barchamizni mamnun etmoqda.
Shunday quvonchli xabarlardan yana biri yaqinda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining Musulmon donishmandlar kengashi a'zoligiga qabul qilinganlaridir. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatidan batafsil ma'lumot oldik.
Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida bo'lib o'tgan Musulmon donishmandlari kengashi yig'ilishida Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash a'zoligiga qabul qilish haqidagi qarorni e'lon qildi.
Ahmad Toyyib janoblari o'z so'zida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan ko'plab ulamolar orasidan faqatgina O'zbekiston muftiysi a'zo qilinganiga alohida urg'u berdi.
Yig'ilishda ishtirok etgan dunyoning etakchi va taniqli ulamolari ushbu a'zolik tarixiy voqea bo'lganini ta'kidlab, O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak e'tirof etdi. Shuningdek, O'zbekiston hududida turli din va millat vakillari ahil-inoq yashashi, so'nggi yillarda mazkur sohadagi ishlar yanada ijobiy bosqichga ko'tarilgani ham qayd etildi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, Musulmon donishmandlar kengashi mustaqil xalqaro tashkilot bo'lib, u 2014 yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida tashkil topgan. Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari, Shayx Ahmad Toyyib Kengashga raislik qiladi.
Kengashga Saudiya Arabistoni Podshohligi, Misr Arab Respublikasi, Iordaniya, Indoneziya, Ozarboyjon, O'zbekiston, Marokash, Mavritaniya, Nigeriya, Gvineya, Livan, Malayziya, Chad kabi davlatlardan 16 nafar nufuzli musulmon olimlari a'zo sanaladi.
Tashkilotning asosiy maqsadlari musulmon olamida tinchlikni targ'ib qilish, nizolarni birgalikda hal etish va bag'rikenglikni ta'minlashdan iborat. Shuningdek, ilm va olimlarni qadrlaydigan, o'zaro muloqotni mustahkamlaydigan, bag'rikenglik hamda boshqalarga hurmatni qo'llab-quvvatlaydigan farovon jamiyat barpo etishdir.
Shuningdek, yig'ilishda bugungi murakkab davrda dunyo xalqlarining hamjihatligini ta'minlash, tarafkashlikka barham berish, jamiyatda tinch-totuv yashash va diniy bag'rikenglik muhitini mustahkamlash hamda islomofobiyaga murosasiz bo'lish kabi jihatlar ham muhokama qilindi.
Manfaatli muloqotlar
Anjuman doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligining Din ishlari va Vaqf bosh boshqarmasi rahbari doktor Umar Habtur al-Diriy, BAAning Fatvo kengashi rahbari va Abu Dabi tinchlik forumi raisi Shayx Abdulloh ibn Bayya, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Allohshukur Poshozoda, Indoneziya din ishlari bo'yicha sobiq vaziri, professor, doktor Muhammad Quraysh Shihob va livanlik ulamo shayx Sayyid Ali al-Amin kabi bir guruh ulamolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Samimiy va do'stona ruhda o'tgan mazkur muloqotlarda ulamolar xalqlar o'rtasidagi do'stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy-ma'rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va ilm-fan sohalarida o'zaro tajriba almashishga oid masalalarga ham urg'u qaratdilar.
Uchrashuvlar yakunida O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan islohotlar, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik yo'nalishida qilingan ishlar munosib etirof etildi.
O'z muxbirimiz
«Yangi O'zbekiston» gazetasining 2024 yil 20 fevral' kungi 36 (1096)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor.
Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.
Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati