Allohga hamd bo'lsinki, uyda katta kutubxonamiz bor. O'zim ko'pincha uydagi vaqtimni o'sha erda o'tkazaman. Kutubxonamiz 7 yoshdan 70 yoshgacha kishilar o'qishi uchun mo'ljallangan turli mavzulardagi kitoblar bilan to'la. Qo'plari otamdan qolgan. Yana ancha-munchasini o'zim olib kelib kutubxonani to'ldirganman.
Bolalarimga o'qishni targ'ib qilishning yaxshi yo'lini o'ylab topdim. Bolalarga atalgan kitoblarni farzandlarimning qo'llari etadigan pastki tokchalarga joylashtirib, har bir kitobning ustiga "Bu kitobni o'qigan odamga falon ming so'm mukofot" bor deb yozib chiqdim. Mukofot miqdorini yozishda kitobning hajmi va ahamiyatiga alohida e'tibor berdim.
Ko'p o'tmay hamma farzandlarim vaqtlarini men bilan birga kutubxonada o'tkazadigan bo'lib qolishdi. Deyarli har hafta bir farzandim “Dada, men mana bu kitobni tugatdim” deb bir kitobni qo'limga tutqazadigan bo'ldi. Tabiiyki, men mukoftotni berishdan oldin kitobni olib 5-10 daqiqa savol javob qilardim. Bolamdan kitob haqidagi taassurotlarini, kitob yoqqan- yoqmaganini so'rardim. Gohida bu savol-javobga boshqa farzandlarim ham qo'shilib ketib, kutubxonamiz katta kitobxonlar suhbati bo'layotgandek bahs-munozalar maydoniga aylanib ketardi.
Qo'llagan tadbirim orqali barcha bolalarim kitobxonlarga aylanishdi. Yoshlari ulg'aygach, o'qigan kitoblariga pul ham so'ramay qo'yishdi. Qaytanga farzandlarimning kattalari kichiklarini menga qo'shilib rag'batlantiradigan bo'lishdi.
Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahridagi "To‘ra Buva" jome masjidi imom-xatibi Umidjon domla Sodiqovning otalari Anvar hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Umidjon domla Sodiqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi