Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Qor Allohning rahmati!

20.02.2024   746   1 min.
Qor Allohning rahmati!

Yurtimizda qalin qor yog'di. Hammayoq oppoq qor bilan o'raldi. Oppoq qorga qarab inson zavq oladi. Qor mo'l-ko'l yog'in bo'lib, u Alloh taoloning rahmatidir.

Alloh taolo bir qavmga yaxshilik iroda qilsa, ularning eriga barakali yog'in yog'diradi.  Bu haqda Qur'oni karimda bunday deyiladi: “U (Alloh) rahmatidan shamollarni xabarchi qilib yuboradigan Zotdir. Ular og'ir bulutlarni haydab kelishganda Biz uni o'lik joyga haydab, u (o'lik er)ni sug'oramiz va tushgan suv bilan turli mevalar undiramiz. Ibrat olishlaringiz uchun o'liklaringiz ham shunday tiriltiramiz”(A'rof surasi, 57-oyat).

Ushbu oyatning tafsirida: “Alloh taolo bir qavmga yaxshilikni iroda qilsa, ularning eriga mo'l-ko'l yog'in yog'diradi, bundan ekinlar yashnab, chorvalari semiradi va ko'payadi, yurtda to'kinchilik va farovonlik bo'ladi. Hamma narsaga qodir Zot yog'indan oldin darakchi shamollarni yuboradi. Ular bulutlarni Alloh belgilagan joylarga haydab, yog'in yog'ishiga sababchi bo'lishadi. Yog'in yoqqach, o'lib, ekin o'smay yotgan erlar unumdor bo'ladi, yog'in bilan insonlarga va boshqa jon-zotlarga qut-baraka yog'iladi”, deyiladi.

 Alloh taolo yoqqan qorni barakali yog'inlardan qilib, yurtimizda to'kinchilik va farovonlikni  yanada ziyoda qilsin! 

Ruhiddin AKBAROV,

O'zbeston musulmonlari idorasining

Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

14.08.2025   1788   2 min.
Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor. 
 

Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
 

Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
 

   Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.


   Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning  belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

  
  Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari