Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Ixlosli mo'min barakalidir

20.02.2024   541   4 min.
Ixlosli mo'min barakalidir

“Mollarini Alloh rizoligini istab, samimiy dillaridan chiqarib sarf qiladigan kishilar adirdagi boqqa o'xshar: unga jala quygach, hosilini ikki barobar etishtirar. Agar unga jala yog'magan bo'lsa, tomchilab yoqqan yomg'ir ham (o'ziga yarasha undirar). Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir” (Baqara surasi, ٢٦٥-oyat).

Har bir musulmon hayoti da­vomida yaxshi amallar, ezgu ish­lar payida bo'­lishi lozim. Chunki xayrli ishlar mo'­min kishining hayoti mazmuniga aylan­sa­gina, oyati karimaning amaldagi is­botini ko'radi.

Oyati karimada mo'min kishi vasf qi­linmoqda. U riyo uchun emas, Allohning roziligi uchun ixlos bilan sadaqa qiladi. Uning qalbi sil­liq toshdek qotib qol­gani yo'q, balki iymon nuri ila munavvar, yaxshilik umidi bilan obod.

“Mollarini Alloh rizoli­gini is­tab, samimiy dilla­ridan chiqarib sarf qiladi­gan kishilar adirdagi boqqa o'xshar”.

Tepalikdagi bog' bahavo bo'­ladi. “Unga jala quygach, hosilini ik­ki barobar etishtirar”. Ya'ni, u yoqqan yomg'irdan unumdor bo'ladi. To'la ishonch bilan, Allohning roziligini tilab qilingan sadaqa ham shunday: egasini mo'l savobga erishtiradi. U bog'ning mevasi ko'payishi uchun doimo kuchli yomg'ir yog'ishi shart emas.

“Agar unga jala yog'magan bo'lsa, tomchi­lab yoqqan yomg'ir ham (o'ziga yarasha undi­rar)”. Maydalab yoqqan yomg'ir bilan ham uning mevasi ko'payaveradi. Shuningdek, mo'min bandaning riyosiz, minnatsiz va ozorsiz, ixlos bilan qilgan nafaqasi oz bo'lsa ham, ko'p ajr-savobga sabab bo'­laveradi.

“Alloh qilayotgan amal­laringizni ko'rib turuv­chidir”.

Kim nima qilyapti, sadaqani qanday ber­yapti, kim Allohning ro­ziligini is­tayapti – ham­ma-hammasini Alloh ko'rib turadi.

Hayr va hasanotni mo'l qilish, saxiy bo'lish lozim. Alloh xayr qiluvchi, saxiy qullarini sevadi.

“Bir dona xurmo bilan bo'lsa ham, faqirga ik­rom etgan kishiga o'sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:

1) men bir dona edim, meni ko'pay­tirding; .

2) kichik narsa edim, ul­g'aytirding; .

3) men dushman edim, sen do'st aylading;

4) men eyilib yo'q qili­nardim, meni abadiy­lash­tirding; .

5) hozirgacha sen meni saqlashga hara­kat etarding, bundan buyon men sening saqla­nishingga sabab bo'laman”. 

Alloh taolo barchamizning sadaqa, ehsonlari­mizni beriyo, benuqson qabul aylab, savoblarini ko'paytirib bersin.

Zayniddin G'IYoSIDDINOV,

Oltinko'l tumani “Maslahat” jome

masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar

14.08.2025   490   1 min.
Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar

Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.


Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.

Vaqf.uz

Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar
O'zbekiston yangiliklari