frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi

26.09.2025   13133   1 min.
Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi

Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov 25 sentyabr kuni Mokpo shahridagi "Imom al-Buxoriy" masjidiga tashrif buyurdi.
Ma’rifiy suhbat davomida Imom Buxoriy hayot va ijodi, u zotning hadislaridan namunalar, ibratli voqealardan misollar keltirildi. Shuningdek, yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, soxta salafiylik kabi oqimlaridan uzoqda bo‘lish, mazhabga amal qilish, har qanday diniy savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan javob olish tavsiya etildi. Buning uchun xorijdagi hamyurtlarimizning savollariga javob beruvchi @fatvo_call_1 (Telegram orqali), @fatvo_call_2 (Telegram orqali) hamda +998917806633 (WhatsApp orqali) havolalari tashkil etilgani aytib o‘tildi.
   Suhbat davomida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Namozdan so‘ng ona vatandan, yaqinlaridan  uzoqda yurgan hamyurtlarimizning o‘qish va ishlarida Yaratgan madadkor bo‘lishini tilab duolar qilindi. So‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chop etilgan 5 turdagi diniy-ma’rifiy bukletlar tarqatildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi Vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   23347   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV