Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

Qoriyalar o'rtasida “Qur'on musobaqasi – 2024”

19.02.2024   717   1 min.
Qoriyalar o'rtasida “Qur'on musobaqasi – 2024”

Toshkent islom institutida “Fevral' – Qur'on qiroati va ilmlari fan oyligi” deb e'lon qilingan. Shu munosabat bilan Tahfizul Qur'on kafedrasi tomonidan Oliy ma'had talaba qizlari o'rtasida “Qur'on musobaqasi – 2024” ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

Tadbirda  O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, TII rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov, O'quv ishlari bo'yicha prorektor Yoqub domla Buxarbayev, Ilmiy ishlar va fan bo'yicha prorektori Soatmurod Primov qatnashdilar.

Tadbir ikki yo'nalishda hifz va tilovat yo'nalishida o'tkazildi.

Musobaqada qoriyalarni Tahfizul Qur'on kafedrasi qori ustozlari baholab bordi:

Valixon qori Azimboyev, Sodiqjon qori Qurbonov, Jahongir qori Ro'ziyev, Islomxon qori Ubaydullayev.

Musobaqa yakuniga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:

Hifz yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: 2-kurs talabasi Valixonova Ominaxon;

2-o'rin: 1-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya;

3-o'rin: 1-kurs talabasi Muzaffarxonova Robiya.

Tilovat yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: 4-kurs talabasi Ikromova Mohinur;

2-o'rin: 2-kurs talabasi Yigitaliyeva E'zoza;

3-o'rin: 4-kurs talabasi Komilova Malohat.

G'oliba qoriya qizlarga qimmatbaho va esdalik sovg'alari mukofot sifatida topshirildi.

TII Tahfizul Qur'on kafedrasi

o'qituvchisi Zafar qori Mahmudov

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ezgulik karvoni Sardobada bo‘ldi

08.05.2025   2627   1 min.
Ezgulik  karvoni Sardobada bo‘ldi

O'zbekiston yangiliklari