Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2025   |   24 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:32
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:42
Bismillah
18 Avgust, 2025, 24 Safar, 1447

Sajdada duo qilish

19.02.2024   1316   4 min.
Sajdada duo qilish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Darhaqiqat, sajda holatida qilingan duo ijobatga yaqinligi haqida hadisi sharif va ulamolarimizning so'zlari ko'pdir. Chunki, kishi sajdada turganida Allohga eng yaqin holatda bo'ladi. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Banda Rabbisiga eng yaqin bo'ladigan holati sajda qilgan vaqtidir. Shunday ekan, (bu paytda) duoni ko'paytiringlar” (Imom Muslim rivoyati).

Demak, banda Alloh taologa eng yaqin holatda turib duo qilsa, duosi ham ijobatga yaqin bo'ladi.

Hanafiy mazhabimizda farz va vojib namozlarining sajdasida sunnat bo'lgan tasbehlarga hech narsani ziyoda qilinmaydi. Faqat “Subhaana Robbiyal a'laa” deyiladi xolos. Bu haqda Imom Shurunbuloliy bunday deydilar: “Ruku yoki sajdada tasbehdan boshqa narsani aytmaydi.

Imom Shofe'iy Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingani kabi rukuda: “Yo, Alloh sen uchun ruku qildim, senga xushu qildim, senga bo'ysundim, senga tavakkal qildim”, sajdada esa: “Yuzim uni yaratgan, surat bergan, quloq va ko'zini ochgan zotga sajda qildi. Go'zal yaratuvchi Alloh muborak bo'ldi”, deb aytadi, deydilar.

Biz (ya'ni, Hanafiylar): “Bu (duolar) tahajjud namoziga xosdir”, deymiz” (“Maroqul-falah”).

Demak, yuqorida kelgan va Qur'oni karim hamda hadisi shariflarda zikr qilingan duolarni tahajjud namozida, shu jumladan nafl namozlarda ham qilish mumkin.

Ammo odamlardan so'raladigan narsani nafaqat farz va vojib namozlarining sajdasida, balki nafl namozlarining sajdasida ham so'rash joiz emas. Masalan, “Allohumma a'ti maalan” ya'ni “Ey, Alloh! Menga mol ber” yoki “Allohumma a'ti samanan” ya'ni “Ey, Alloh! Menga pul ber” kabi duolar. Agar so'ralsa namoz buziladi.

Shuni ham bilish kerakki, ruku yoki sajdada Qur'on qiroat qilish mumkin emas. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ogoh bo'lingki, men ruku yoki sajda holida qiroat qilishdan qaytarildim. Rukuda Robbni ulug'langlar, sajdada duoga harakat qilinglar. Mana shunda ijobatga loyiq bo'lasizlar” (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimiz bu hadisdagi sajdada duoga jiddu jahd qilishni ham nafl namozlarga xos deydilar.

Jumladan, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilishicha Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sajdada mana bu duoni qilardilar: “Allohim! Mening hamma gunohlarimni kechir, kichigini ham, kattasini ham, avvalgisini ham, oxirgisini ham, ochig'ini ham, maxfiysini ham kechir”(Imom Muslim rivoyati). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Alloh sizni kuldiraversin, yo Allohning Rasuli!”

18.08.2025   152   2 min.
“Alloh sizni kuldiraversin, yo Allohning Rasuli!”

Bismillahir Rohmanir Rohiym

دثنا العباس الدوري نا يعقوب بن إبراهيم بن سعد نا أبي عن صالح عن ابن شهاب قال: حدثني عبد الحميد بن عبد الرحمن بن زيد أن محمد بن سعد بن أبي وقاص أخبره أن أباه سعد بن أبي وقاص أخبره قال: استأذن عمر على رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم وعنده نساء من قريش يكلمنه ويستكثرنه عالية أصواتهن على صوته فلما استأذن قمن يبتدرن الحجاب فأذن له رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم ورسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم يضحك فقال عمر: أضحك الله سنك يا رسول الله قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: عجبت من هؤلاء اللاتي كن عندي ثم سمعن صوتك ابتدرن الحجاب“ قال: قلت: يا رسول الله كنت أحق أن يهبن ثم قال عمر: أي عدوات أنفسهن تهيبنني ولا تهبن رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم قلن: نعم أنت أغلظ وأفظ من رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”والذي نفسي بيده ما لقيك الشيطان قط سالكا فجا إلا سلك فجا غير فجك“.


Sa’d ibn Abu Vaqqos aytadi: “Umar Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlariga izn so‘radi. Huzurlarida qurayshlik ayollar bo‘lib, u zotga ovozlarini ko‘tarib gapirayotgan va u zotdan ko‘p narsa talab qilayotgan edi. Umar izn so‘ragach, ular shoshilib to‘sinishga tushishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam unga izn berar ekanlar, kuldilar. Umar: “Alloh sizni kuldiraversin, yo Allohning Rasuli!” dedi.

U zot: “Huzurimdagi manavilardan ajablandim, ovozingni eshitiboq to‘sinishga shoshib qolishdi”, dedilar.

Umar: “Yo Allohning Rasuli, hayiqishiga siz haqliroq edingiz-ku”, dedi. So‘ngra: “Ey o‘z joniga dushmanlar! Mendan hayiqasizlar-u, Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan hayiqmaysizlarmi?” dedi.

Ular: “Ha. Sen Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamga qaraganda qo‘pol va dag‘alsan-da”, deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Jonim “qo‘li”da bo‘lgan Zotga qasamki, shayton biror yo‘lda ketayotib, qachonki senga yo‘liqsa, sening yo‘lingdan boshqa yo‘lda yuradi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Maqolalar