Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Allohtaologabitmas-tuganmashamdusanolarbo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Abu Said Hudriy roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Parvardigor azza va jalla: “Qur'on (tilovati) va Mening zikrim kimni Mendan so'rashdan mashg'ul qilib qo'ysa, unga so'rovchilarga beradigan (narsalarning) eng afzalini ato etaman. AllohkalominingboshqakalomlardanustunligixuddiAllohning (yaratgan) maxluqotlaridanustunligikabidir”, deydi”
(Termiziy rivoyat qilgan va rivoyat sanadi hasan, degan. Dorimiy va Bayhaqiy rivoyatida: “Qur'on qiroati va Mening zikrim kimni Mendan so'rashdan mashg'ul qilib qo'ysa, unga so'rovchilarga beradigan eng afzal savobni beraman”, deyilgan).
Qaysi banda Qur'on qiroati va zikr bilan mashg'ul bo'lib, duo qilishga vaqt ajratolmasa, Alloh taolo bu bandaga hojatlarini ravo qilishini so'rab duo qiluvchilarga beradigan eng yaxshi narsalarni ato qiladi.
Aslida har bir bandaning Allohdan so'raydiganlari, iltijolari bo'ladi. Agar banda Qur'on qiroati bilan band bo'lib, duo qilolmasa, Alloh unga o'zi so'raydiganidan, qalbida niyat qilganidan ham yaxshi narsalarni beradi. Sababi u o'ziga taalluqli bo'lgan duoga vaqt ajratolmay, Allohning Kalomi Qur'on qiroati bilan mashg'ul bo'ldi. Qur'onni e'zozlagan bandani Alloh ham siylaydi va unga rahmatlarini nozil qiladi.
Rivoyatning davomida: “Alloh kalomining boshqa kalomlardan ustunligi xuddi Allohning (yaratgan) maxluqotlaridan ustunligi kabidir”, deyilmoqda.
Oddiy banda o'zi yasagan narsadan qancha ustun turadi. Ana o'sha bandani, qolaversa butun mavjudotni yaratgan Alloh O'z maxluqotlaridan qanchalik yuqori turishini tasavvur qilib ko'ring!
Allohning maxluqotlaridan afzalligi qancha bo'lsa, U Zotning Kalomi bo'lmish Qur'onning boshqa kalomlardan ustunligi ham shunchadir. Allohning Kalomi mo''jizadir, ilohiydir. Bandalar Qur'onga o'xshash kalomni keltirishga qodir emaslar. Bandalar tuzgan jumlalardan iborat kalomlarning milliontasi ham Allohning birgina oyatiga, bir so'zi, hatto harfiga teng kelolmaydi. Shunday ekan, Qur'onning qanchalik ulug' ekanini anglab, uni o'rganishimiz, o'qib, Qur'onga amal qilishga o'tishimiz lozim.
Omir ibn Vosiladan rivoyat qilinishicha, Nofe' ibn Abdulhoris Usfonda Umarni uchratib qoldi – Umar uni Makkaga omil qilib tayinlagan edi – va shunday dedi: “Vodiy ahliga kimni omil qilib tayinlading?”.
U: “Ibn Abzoni”, dedi. Umar: “Ibn Abzo kim?” deb so'radi. Nofe': “Ozod qilgan qullarimizdan biri”, deb javob berdi. Shunda Umar: “Ularga ozod qilingan qulni o'rinbosar etib tayinladingmi?” dedi. Nofe': “Sababi u Alloh azza va jallaning Kitobini qiroat qiladi va faroiz ilmining bilimdoni”, deganida, Umar: “Sizlarning Payg'ambaringiz sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo bu Kitob (Qur'on) bilan ba'zi qavmlar darajalarini ko'tarib, boshqalarnikini tushiradi”, degan edilar”, dedi (Muslim, Dorimiy, Ibn Moja, Ahmad, Ibn Hibbon va Abdurazzoq rivoyati).
“Usfon” joy nomi bo'lib, Ibn Asirning aytishicha, Usfon Makka va Madinani birlashtiruvchi qishloqdir.
Ushbu rivoyatda Alloh O'z Kalomi bilan xohlagan bandalari darajasini ko'tarishi aytilmoqda.
Odilxon qori YuNUSHON o'g'li
Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri