Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447

Oylik hisobot

19.02.2024   503   4 min.
Oylik hisobot

Biz oddiygina uyda kamtarona hayot kechiramiz. Oylik maoshim ham uncha ko'p emas, lekin o'zimizga etadi, alhamdulillah. Alloh meni 4 nafar o'g'il bilan siylagan.

Katta o'g'lim o'smirlik davriga etgandan keyin uning talablari ko'paya boshladi. Har kuni uyga kelsam, menga u kerak menga bu kerak deb katta xarajat talab qiladigan narsalarni so'raydigan bo'lib qoldi. Imkonim etganicha uning talablarini bajarardim. Lekin ko'pga bormay maoshim oylik sarf xarajatlarga etmay yaqinlardan qarz so'rashga majbur bo'la boshladim.

Bundoq razm solsam, o'g'limning hamma aytayotgan narsalari o'ziga juda zarur bo'lgan narsalar emas, u so'ragan narsalar ichida hech ham foydasi yo'q bolalarning vaqtini behudaga sarflashga sabab bo'ladigan narsalar ham bor edi.

Bu holatda bir chora ko'rmasam, ham oilamiz byudjetiga, ham o'g'limning tarbiyasiga katta zarar etishi turgan gap edi. Shuning uchun onasi bilan bir tadbir o'ylab topdik. Oylik maoshimni olgan kunim men, o'g'lim va onasi uchchalamiz bir oy davomida qiladigan xarajatlarimizni hisoblab chiqadigan bo'ldik. Masalan, uyimizdagi kommunal to'lovlar uchun qancha ketadi, bir oylik oziq-ovqatimiz qanchaga tushadi, kiyim kechak, dori darmon, va hokazo. Shu tarzda hisob-kitob qiladigan bo'ldik.

Hisobot qilib ko'rganimizda xarajatlar miqdori oylik maoshimdan ko'payib ketsa, demak uncha zarur bo'lmagan qaysidir xarajatlarni qisqartirishimiz kerak ekan deb xulosa qilar edik. Bu gaplarni yonimizda o'tirgan katta o'g'lim ham eshitardi. Hisobot oxirida bizdan ham og'ir ahvolda qolgan oilalar bo'lgani holda bizni boshqalarga muhtoj qilmagan Alloh taologa hamdlar aytib o'rnimizdan turardik.

Mana shu hisobotni yo'lga qo'yganimizdan keyin o'g'lim birdaniga o'zgarib qoldi. Biz unga hech narsa demadik, u bizga hech nima demadi, lekin yurish-turishi, o'zini tutishi butunlay o'zgardi. Ishdan kelganimda faqat eng zarur narsalarga - o'quv qurollariga va maktab yig'imlarigagina pul so'rardi. “Tushlik qilishingga pul so'ramayapsan?” desam, “Uydan egulik tayyorlab olib ketyapman” deydi. Uning gapini eshitib mashaalloh, o'g'lim mas'uliyatni his qiladigan kap-katta yigit bo'lib qolibdi deb ich-ichimdan xursand bo'ldim.

Bir kuni onasiga ishga kirmoqchiligini aytibdi. Buni eshitib onasi bilan quvondik. Ha, o'g'limiz ulg'ayibdi dedik. Lekin o'qishiga xalal bermasin deb ishlashiga ruxsat bermadik.

Yozgi ta'tilga chiqqanda “Uyga yordam bergim kelyapti, sizlarga oz bo'lsa ham yordam beray” deya kuniga 30 junayh pul beradigan ishga kirdi. Ishlaydigan joyida halol mehnati bilan yuzimizni yorug' qildi. Men ham o'z navbatida o'g'limni ukalariga maqtab o'rnak qilib ko'rsatadigan bo'ldim.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

14.08.2025   3034   2 min.
Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor. 
 

Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
 

Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
 

   Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.


   Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning  belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

  
  Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari