Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abasa voqeasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qavmning obro‘li kishilarini da’vat qilishlarida mantiq bor edi. Bu mantiq asosida qavmning ojiz ko‘zlari a’mo kishisi Ummu Maktumni da’vatidan ko‘ra obro‘lilarini tanlagan edilar.
Ilohiy mantiq esa buni rad etdi. Ehtimol, ana shu obro‘li kishidan ko‘ra ojiz bir kishi hidoyatga sazovor bo‘lishi xabar qilindi va shunday xam bo‘ldi.
Abdulloh ibn Ummu Maktum islomning bayroqdori bo‘ldi. Ko‘z nurlarini jannatni ko‘rishga alishdi.
Ba’zi aqlga, hikmatga asoslangan mantiqlarimizni qattiq ushlab olib, kibrga berilib boshqalarni malomat qilmaylik. Ba’zi biz bilmagan, bizga yoqmaydigan narsalar ustida xayr bordir. Zero, ilohiy mantiq, insoniy mantiqdan doim ustundir.
Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan.
Avval o‘zim xam boshqa niyatda qo‘ygan postlarimni, odamlar boshqa ma’noda tushunganini ko‘rib ularni malomat qilardim. Hozir esa o‘sha paytda ayb o‘zimda bo‘lganini ular noto‘g‘ri tushunishiga sabab bo‘ladigan darajada yozganimni tushundim.
Bugun ba’zi birodarlarimizni men avval qilgan xatolarni qilishayotganini ko‘ryapman. Alloh ularni xam tez orada isloh qilsin.
Qudratulloh Sidiqmetov