Toshkent islom institutida “Fevral' – Qur'on qiroati va ilmlari fan oyligi” deb e'lon qilingan. ShumunosabatbilanTahfizulQur'onkafedrasitomonidanOliyma'hadtalabaqizlario'rtasida “Qur'onmusobaqasi – 2024” ko'rik-tanlovio'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, institut rektori Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov, prorektorlar Yoqub domla Buxarbayev va Soatmurod Primov qatnashdi.
Musobaqa hifz va tilovat yo'nalishida o'tkazildi. Unda qoriyalarning chiqishlarini Tahfizul Qur'on kafedrasi qori ustozlari baholab bordi: Valixon qori Azimboyev, Sodiqjon qori Qurbonov, Jahongir qori Ro'ziyev va Islomxon qori Ubaydullayevlar.
Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Hifz yo'nalishida:
1-o'rin: 2-kurs talabasi Valixonova Ominaxon;
2-o'rin: 1-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya;
3-o'rin: 1-kurs talabasi Muzaffarxonova Robiya.
Tilovat yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin: 4-kurs talabasi Ikromova Mohinur;
2-o'rin: 2-kurs talabasi Yigitaliyeva E'zoza;
3-o'rin: 4-kurs talabasi Komilova Malohat.
G'oliba qoriya qizlarga qimmatbaho va esdalik sovg'alari mukofot sifatida topshirildi.
Zafar qori Mahmudov,
Toshkent islom instituti
Tahfizul Qur'on kafedrasi
o'qituvchisi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Siz hech qachon yutqazmaydigan, kasodga uchramaydigan uchta tijoriy kelishuv haqida eshitganmisiz? Unda ushbu oyatga quloq tuting:
"Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladiganlar,
- namozni to‘kis ado etib,
- Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora nafaqa qiladiganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar" (Fotir surasi, 29-oyat).
Izoh: "..hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar". Bu ushbu oyatning asosiy xulosasidir. Dunyodagi tijoratda foyda ham, zarar ham bo‘lishi mumkin. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan uch amalni – Qur’on tilovati, namoz va infoqni – bajargan insonlar Alloh bilan bo‘lgan "tijorat"dan hech qachon yutqazmaydilar. Bu tijoratning foydasi bu dunyoda ham, u dunyoda ham bo‘ladi. Bu dunyoda qalb xotirjamligi, baraka, hayotda ma’no topish kabilar, u dunyoda esa Allohning roziligi, jannat va abadiy saodatdir. Bu tijorat – haqiqiy va abadiy muvaffaqiyatdir.
Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy