Joriy yilning 16 fevral' kuni, O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan rejaga asosan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan rasmiy otinoyilar uchun bilim va malaka imtihonlarining navbatdagisi bo'lib o'tdi.
Mazkur jarayonda O'MI Buxoro viloyati vakili Jobir domla Elov, vakil o'rinbosari Otabek domla Avezov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Yusuf Salomov, viloyat bosh imom-xatibining xotin qizlar masalalari bo'yicha mas'uli Rizvonoy Bahramovalar hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirok etdi.
Malakaviy sinovlarda tajribali va yuqori salohiyatga ega otinoyilar munosib baholandi va bunday malakaviy sinov imtihonlari yakuniga etdi.
O'tkazilayotgan imtihondan asosiy maqsad otinoyilarning professional malakasi va kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarni bajarish yuzasidan mas'uliyatini oshirishdan iboratdir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Haj” va “Umra” safarlarini tashkil etish va ziyoratchilarga qulay sharoitlar hozirlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Xabar berganimizdek, mamlakatimizda haj mavsumi joriy yil 13 may kunidan boshlandi. (https://t.me/muslimuzportal/41370)Ayni kunlarda Madinai munavvarada ibodatlarini nihoyasiga yetkazgan yurtdoshlarimiz birin-ketin Makka shahriga yo‘l olmoqdalar.
17 may kuni navbatdagi ziyoratchilar Makkai mukarramaga shinam avtobuslarda yetib keldi. Bo‘lg‘usi hojilarga muqaddas shahardagi “Abroj Dana” va "Vafaq al-Saha" mehmonxonalarida zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib, izzat-ikrom qilindi.
Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta ehtirom va e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.
Shu kunlarda ushbu muqaddas shaharda toat-ibodatlarini ado etayotgan yurtdoshlarimiz har qadamda davlatimizning g‘amxo‘rligini his qilib, o‘z duolarida yuritimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilamoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati