Bir yashar paytingiz onangiz sizni oziqlantirib, yuvib-taradi. Siz esa unga tuni bo'yi yig'lash bilan “rahmat” aytdingiz!
Ikki yoshga to'lganingizda sizga yurishni o'rgatdi, siz esa undan qochish bilan “rahmat” aytdingiz.
Uch yosh bo'lganingizda sizga shirin ovqatlar eyishni o'rgatdi, siz esa unga tovoqlarni erga otish bilan “rahmat” dedingiz!
To'rt yoshga to'lganingizda rasm chizishingiz uchun sizga qalam tutqazdi, siz esa devorlarni bo'yab unga “rahmat” aytdingiz!
Besh yoshga etganingizda onangiz sizga eng chiroyli kiyimlarni kiydirdi, sizning “rahmatingiz” esa ularni obdon kir qilish bo'ldi!
Oltiga kirganingizda sizni maktabga yozdirdi, siz esa “Bormayman” deya qichqirib, unga “tashakkur” izhor etdingiz…
O'n yoshga to'lganingizda sizni bag'riga bosish uchun maktabdan qaytishingizni kutib o'tirardi… Siz bo'lsa unga hatto qayrilib ham qaramay xonangizga kirib ketdingiz. “rahmatingiz” shu bo'ldi…
Yigirmaga kirganingizda u bilan birga qarindoshlarnikiga borishingizni xohlardi. Siz esa do'stlaringiz bilan o'tirdingiz!
Yigirma beshga to'ldingiz, onangiz sizni uylantirish harakatlari bilan tinmadi, sizga har taraflama yordam berdi. Siz-chi? To'ydan keyin uzoqroq joydan uy olib ko'chib ketdingiz. “Rahmatingiz” shu bo'ldi…
O'ttizga kirganingizda sizga farzand tarbiyasi to'g'risida nasihat qilsa, “Oilaviy ishlarimizga aralashmang”, deb jerkib berdingiz!
O'ttiz beshga to'ldingiz, onai zoringiz sizga qo'ng'iroq qilib, u bilan birga kechki ovqat qilishingizni so'rab, uyga chaqirdi. Siz esa “Shu kunlarda bandman”, deya unga “tashakkur” aytdingiz!
Qirq yoshga etdingiz, onangiz sizga qo'ng'iroq qilib, kasal ekanini, parvarishingizga muhtoj ekanini aytdi. Siz esa bolalaringizni ro'kach qilib, bormasligingizni aytdingiz va shu sizninig rahmatingiz bo'ldi!
Biroq shunday bo'lsa ham bir kun vafot etsangiz, onangizning sizga bo'lgan mehr-muhabbati uning qalbidan ajralmagan bo'ladi!
Aziz birodar, agar onangiz yoningizda bo'lsa, uni aslo tashlab ketmang, unga mehr ko'rsatishni unutmang, uni rozi qilish uchun sa'y-harakat qiling. Zotan sizning bittagina onangiz bor!
Uzoq yillar o'tib onangiz vafot etsa, unga ozor bergan har bir aytgan so'zingiz, har bir qilgan ishingizga nadomat qilasiz. Lekin unda nadomat foyda berarmidi?!
Ota-onalarimiz haqlarida Allohdan taqvo qilaylik!
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati