Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yangidan qurib bitkazilgan “Shayx Muxtor Vali” jome masjidining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Yangiariq tumani hokimi Zafarbek Matnazarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman boshqarmasi mutaxassisi Anvarbek Eshmetov, Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla Kenjayev, Imom Faxriddin ar-Roziy islom ta’lim muassasasi mudiri Davronbek domla Abduqodirov, tuman va shahar bosh imom-xatiblari, mutasaddilar va mahalla ahli jam bo‘lishdi.
Zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur masjid 300 nafar namozxonlarga mo‘ljallangan.
Qur’oni karim tilovat qilingach, masjid qurilishi va faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etgan barcha fidoyi insonlar haqiga duoi xayrlar qilindi.