Umar ibn Abdul Aziz xalifalik davrlarida Misrlik bir ayol u kishini izlab Madinai Munavvaraga keldi. Odamlardan u kishini qasrlari qayerda deb so'radi. Odamlar u kishini uylarini qayerdaligini tushuntirib, qanday borishini aytdilar. Misrlik ayol izlay - izlay, so'rab topib keldi. Amiral mo'mininni uylarini ko'rib daxshatga tushdi. Uyga izn so'rab kirdi, qarasa bir yamoq kiyimda, eski sholcha ustida, bir ayol o'tiribdi. Misrlik ayol bu o'tirgan ayolga yaqinlashib, Abdul Malik ibn Marvonni qizi Fotima ekanini tanidi. Qo'rqib ketdi, chunki uni Halifaning qizi , Umar ibn Abdul Azizning ayoli ekanini avvaldan yaxshi bilardi. Fotima unga samimiy – do'stona munosabatda bo'lib, ochiq ko'ngil bilan, xush muo'mala bilan kutib oldilar va yonlariga o'tirishga taklif qildilar. Haligi ayol ancha xotirjam bo'lib, Sayyida Fotimani yonlariga o'tirdi. Hol-ahvol so'ragach, bir yumush bilan Amiral mo''mininni oldilarga kelganini, unga aytadigan zarur gaplari borligini aytib turib, ko'zi devorni tuzatib, suvayotgan kishiga tushdi va Sayyida Fotimaga qarab, anovi loykash nomahramdan qochmaysizmi, ochiq joylaringizni berkitmaysizmi dedi. Shunda Sayyida Fotima kulib, u loykash Amiral mo''minin bo'ladilar dedilar. Haligi ayol hang – mang bo'lib qoldi va U Halifani uylarini bir hashamatli saroy bo'lsa kerak deb o'ylagan edi. Bu ikki er-xotinga havasi keldi va qoil qoldi va ikkoviga tasannolar aytdi.
Toshkent islom instituti.
Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi
Yuldashev Izzatilla.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati