Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2025   |   24 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:32
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:42
Bismillah
18 Avgust, 2025, 24 Safar, 1447

Sayyida Fotima va Misrlik ayol

26.01.2024   242   1 min.
Sayyida Fotima va Misrlik ayol

Umar ibn Abdul Aziz xalifalik davrlarida Misrlik bir ayol u kishini izlab Madinai Munavvaraga keldi. Odamlardan u kishini qasrlari qayerda deb so'radi. Odamlar u kishini uylarini qayerdaligini tushuntirib, qanday borishini aytdilar. Misrlik ayol izlay - izlay, so'rab topib keldi. Amiral mo'mininni uylarini ko'rib daxshatga tushdi. Uyga izn so'rab kirdi, qarasa bir  yamoq kiyimda, eski sholcha ustida, bir ayol o'tiribdi. Misrlik ayol bu o'tirgan ayolga yaqinlashib, Abdul Malik ibn Marvonni qizi Fotima ekanini tanidi. Qo'rqib ketdi, chunki uni Halifaning qizi , Umar ibn Abdul Azizning ayoli ekanini  avvaldan yaxshi bilardi. Fotima unga samimiy – do'stona munosabatda bo'lib, ochiq ko'ngil bilan, xush muo'mala bilan kutib oldilar va yonlariga o'tirishga taklif qildilar. Haligi ayol ancha xotirjam bo'lib, Sayyida Fotimani yonlariga o'tirdi. Hol-ahvol so'ragach, bir yumush bilan Amiral mo''mininni oldilarga kelganini, unga aytadigan zarur gaplari borligini aytib turib, ko'zi devorni tuzatib, suvayotgan kishiga tushdi va Sayyida Fotimaga qarab, anovi loykash nomahramdan qochmaysizmi, ochiq joylaringizni berkitmaysizmi dedi. Shunda Sayyida Fotima kulib, u loykash Amiral mo''minin bo'ladilar dedilar. Haligi ayol hang – mang bo'lib qoldi va U Halifani uylarini bir hashamatli saroy bo'lsa kerak deb o'ylagan edi. Bu ikki er-xotinga havasi keldi va qoil qoldi va ikkoviga tasannolar aytdi.

 Toshkent islom instituti.

Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi

Yuldashev Izzatilla.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Maqomi mahmud" nima?

15.08.2025   2979   2 min.

Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maqomi mahmudning egasi bo‘lsalar, unda nega azon aytilganidan keyin Allohim, u zotni O‘zing va’da qilgan Maqomi mahmudga yetkazgin, deb duo qilamiz? Bundan go‘yoki (Alloh saqlasin) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Maqomi mahmud berilmagandek bo‘lib chiqmayaptimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bunday emas. “Maqomi mahmud” “Maqtalgan maqom” ma’nosida bo‘lib, aksariyat ulamolar nazdida “Maqomi mahmud”dan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyuk shafoatlari iroda qilingan. Bu izzat va karomatning eng oliy maqomi bo‘lib, u Odam avlodidan faqatgina ul muborak zotgagina nasib etgan, xolos.

Shuningdek, azon so‘ngida o‘qiladigan duoda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bizga Alloh taolodan u zot uchun “Maqomi mahmud”ni so‘rashni o‘rgatganlar. Bu maqomni Alloh taolo u zotga va’da qilgan.

Qolaversa, Payg‘ambarimiz alayhissalom mazkur duoni qilish orqali u zotning shafoatlariga noil bo‘lishimizning xushxabarini ham berganlar. Albatta, U zot alayhissalomga “Maqomi mahmud” so‘rashimiz, bu maqom u zotga berilmaganligini anglatmaydi, chunki Alloh taoloning va’dasi amalga oshgan ish kabidir.

Shunday ekan, bizning azon duosida “Maqomi mahmud”ni Allohdan so‘rashimizning ma’nosi nima degan savolga ulamolar u zot bizning duoyimiz tufayli Maqomi mahmudga erishmaydilar, balki Alloh taolo u zotga bu maqomni aniq qilib qo‘ygan.

Biz bu duoni u zotning shafoatlariga noil bo‘lish uchun qilamiz. Bundan tashqari bunday duo qilishning ma’nosi yo “Maqomi mahmud”ning bardavom bo‘lishini, ya’ni u zotga berilgan maqtalgan maqomni davomli qilgin deb so‘rash ma’nosida yoki banda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlariga duo qilish orqali o‘z ehtiyojlarini Alloh taolodan so‘rashi mumkin ekanligiga ishoradir, deb javob berganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.