Qozi bayzoviy kim HIV asrda Hurosonda yashab, asosan tafsir, arab tilshunosligi bo'yicha faoliyat olib borga va bir necha yirik asarlar yozgan olimdir. Hayoti, ta'limi va faoliyatib, asarlari haqida qisqa va lo'nda malumot berish.
Eng asosiy asar i “Tafsir Bayzoviy” tarixi haqida qisqa va lo'nda malumot berish.
Asarning hozirgacha ilmiy doiralarda o'qib o'rganilishiga uning usluban mustahkam va asosli manbalarga tayanib yozilgani hisoblanadi. Bayzoviy asar muqaddimasida o'z uslub haqida quyidagilarni aytgan:
Hullasi kalom oyatni tafsir kilishda unga xamohang hadisi shariflarni ham zikr kilganligini ko'ramiz.
Masalan: Alloh ta'aloning: ولوموا أنفسكم ) ( فلا تلوموني oyati haqida Bayzoviy aytadi: فلا تلوموني ) (ushbu oyat haqida (shayton) faqat vasvasa qilishimni o'ziga meni malomat qilmanglar. Kimki ochiq dushmanlik qiladigan bo'lsa man kabi uni malomat qilinmaydi. ( ولوموا أنفسهم ) Sizlar o'zlaringizni malomat qilinglar. Man sizlarni vasvasa qilganimda robbingizni qo'yib menga itoat qildinglar, Robbingiz sizlarni da'vat qilgan narsaga itoat qilmadinglar. Mu'taziliylar bu kabi misollar bilan banda amallarini o'zi yaratadi deb dalil qiladilar. Bandaning qudrati o'zi o'sha ishni fe'li orqali bajarishi ham mumkinku, u qudrat esa Moturidiy ulamolari aytganlaridek bandaning kasbidir[3].
Masalan:
( معلومات ) Haj qilish ma'lum oylar haqidagi oyatini tafsirida : u shavvol, zul qa'ada va zul hijjani 9 kuni Shofi'iy mazhabida, Abu Hanifada esa, shavvol, zul qa'da va zul hijjaning 10 kuni, Molikiyda zul hijjaning to'liq hammasi Haj oylaridir deyiladi. Yuqoridagi ixtiloflarga ko'ra Hajning vaqtidan murod Hajga ehromga kirish vaqti yoki Haj ammallari va manosiklarining vaqti yoki mutloq haj manosiklaridan iborat chiroyli sanaladigan amallar.
Imomi Molik zul hijja oyining oxirigacha umra qilishni makruh sanaganlar. Abu Hanifa esa, Shavvoldan oldin garchi ehromga kirish durust degan bo'lsalarda, ammo uni makruh sanaganlar[4].
Yuqorida Qozi Bayzoviy “Anvarut - tanzil va asrorut –ta'vil” nomli tafsirining uslubi haqida bayon qildik. Allomaning asarlari va uning sermahsul ijodi haqida juda ko'p gapirish va yozish mumkin.
Hulosa qilib aytganda ettinchi asr hijriyda Qozi Bayzoviy Hurosonda ilm fan cho'qqiga chiqqan bir davrda zamonasining zabardast ulamolari bilan bir qatorda turib ijod qilgan buyuk simolardandir.
Bayzoviyning ko'plab durdona asarlari borki, bizlar uning asarlarini o'qib o'rganishimiz va izlanishlar olib borishimiz va kelajak avlodlarga etkazishimiz lozim va lobud bo'ladi.
Toshkent islom instituti
“ Tillar kafedrasi ” katta o'qituvchisi
Izzatilla Yuldashev.
Ilmning qadr-qimmati barchamizga ma’lum. Ilm sababli Alloh taolo Odamni farishtalardan afzal qildi. Ilm sababidan farishtalarga Odamga sajda qilishni buyurdi. Alloh taolo olimlar va ilm talabidagilarning martabalarini yuqoriga ko‘tardi. U Zot bunday deya marhamat qiladi: «...Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur...»[1].
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytadilar: “Ilm olinglar! Alloh uchun ta’lim olish – Allohdan qo‘rqishdir. Ilmni dars qilish – tasbehdir. Uni o‘rganish – ibodat, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, amal qilish esa Allohga yaqinlashishdir”.
Ilm sizning qadringizni ko‘taradi va ilm orqali Alloh taologa yaqinlashib borasiz. Abu Bakr Varroq bu borada bunday deydi:
Ilm o‘z sohibin ko‘targay yuksak,
Xoja aylagaydir qulni-da shaksiz.
Rizolik yo‘li ham shul erur demak,
Ilmdan boshqasi abas, keraksiz.
Ilm oluvchi go‘zal odob-axloq ila bezanmog‘i lozim. Umar roziyallohu anhu aytadilar: “Ilm olinglar! Ilm olar ekansiz, sakinat va halimlikni ham o‘rganing. Sizdan ilm o‘rganuvchilar ham sizga nisbatan kamtarin munosabatda bo‘lsinlar, siz ham ilm olayotgan kishingizga tavozeli bo‘ling. Zulmkor olimlardan bo‘lmang. Sizlarning ilmingiz jaholat birla turmas”.
“Men bilmayman” deyish hech qachon ayb sanalmaydi. Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: “Qalbga rohat beradigan eng go‘zal narsa haqida savol so‘rashganida, “Men bilmayman”, deb javob berishdir”, deganlar.
O‘rgangan ilmingizni odamlardan berkitmang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mendan bir oyat bo‘lsa ham yetkazinglar”[2], deganlar.
O‘rganayotgan narsalaringizga bee’tibor bo‘lib odamlarga yetkazmay yurish yaxshi emas. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ilmni berkitsa, Alloh taolo qiyomat kunida unga olovdan bo‘lgan yuganni soladi”, [3] deganlar.
Amal qilinmaydigan ilmda xayr yo‘q. Unday odamning ustiga jild-jild kitoblar ortilgan eshakdan farqi yo‘q.
Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu bunday deydilar: “Ilm o‘rganib, unga amal qilinglar. Ilm ila chiroyli ko‘rinish uchun ilm o‘rganmang. Umringiz uzoq bo‘lsa, hali shunaqalarni ko‘rasiz, odamlar kiyim kiyib bezanganidek, odamlar ilm olib o‘zlariga oro beradilar”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Imlni olimlarga maqtanish, u orqali esi past, johillar bilan talashib-tortishish yoki odamlarning e’tiborini o‘zingizga qaratish uchun o‘rganmang. Kim shunday qilsa, u jahannamdadir”[4], deganlar.
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Mujodala surasi, 11-oyat.
[2] Imom Buxoriy rivoyati.
[3] Ibn Hibbon, Imom Hokim va Imom Bayhaqiy rivoyati.
[4] Ibn Moja rivoyati.